https://oz.sputniknews.uz/20260704/ozbekistonlik-talaba-rosatom-atom-yoshlari-kengashi-58827093.html
O‘zbekistonlik talaba atom yoshlar kengashiga qanday a’zo bo‘ldi
O‘zbekistonlik talaba atom yoshlar kengashiga qanday a’zo bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
"Rosatom" rahbari Aleksey Lixachev boshchiligidagi ushbu kengash tinch atom va barqaror rivojlanishni ilgari surish uchun butun dunyodan yosh istiqbolli mutaxassislarni... 04.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-04T15:49+0500
2026-07-04T15:49+0500
2026-07-04T15:51+0500
rosatom
talabalar
o‘zbekiston
rossiya
atom energetikasi
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasini rivojlantirish agentligi
o‘zatom
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/04/58827274_95:0:1899:1015_1920x0_80_0_0_e1be27e7dbab40fafd82e989ef6b018d.jpg
MMFI MATU Toshkent filiali 4-bosqich talabasi Muhiddin Umidov IMPACT TEAM 2050 xalqaro yoshlar maslahat kengashining yangi tarkibiga kirgan turli mamlakatlarning 13 nafar yosh mutaxassisidan biri bo‘ldi. Bu uning uchun nafaqat shaxsiy yutuq, balki mamlakat yoshlari nomidan xalqaro maydonda so‘zlash imkoniyatidir.Kengashning yangi tarkibi joriy yilda dunyoning 85 mamlakatidan 700 dan ortiq ishtirokchini jamlagan “Obninsk NEW” IV Xalqaro yoshlar yadro forumida e’lon qilindi.Yoshlar kengashi a’zosi bo‘lish uchun u ariza topshirgani, ijtimoiy va media faolligini namoyon etgani va 2050-yilda o‘zini qayerda ko‘rishini gapirib berdi. Va… saralashdan o‘tdi!Muhiddin MMFI MTAU Toshkent filiali talabalari orasidan xalqaro yoshlar kengashi tarkibiga kirgan birinchi talaba bo‘ldi. Endilikda u O‘zbekiston atom sohasi yosh mutaxassislarining manfaatlarini ifodalaydi, kadrlar salohiyatini rivojlantirishga doir tashabbuslarni ishlab chiqishda qatnashadi, tinch atom g‘oyalarini ilgari suradi hamda mintaqa yoshlari va “Rosatom” rahbariyati orasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Yana bir muhim vazifa — tinch atom g‘oyasini targ‘ib qilishdir.Muhiddinning so‘zlariga ko‘ra, IMPACT TEAM 2050 da ishtirok – bu avvalo, eng yaxshi mutaxassislardan o‘rganish, tajriba almashish va atom energetikasi rivojiga hissa qo‘shadigan yechimlarni birgalikda izlash imkoniyatidir.Bugun Muhiddin o‘qishni MMFI MTAU Toshkent filiali Energoaudit va energiya samaradorligi laboratoriyasidagi assistentlik ishi bilan birga olib bormoqda. U, shuningdek, “O‘zbekiston yoshlar akademiyasi” dasturining murabbiyi, Jizzax viloyatining Forish tumanida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvlarida mamlakat yoshlari nomidan qatnashgan va Moskvadagi Jahon atom haftaligida ishtirok etgan.Talabaning fikricha, atom sohasining rivojlanishi yosh mutaxassislar uchun mutlaqo yangi istiqbollar ochadi.Muhiddin bakalavriatni tugatib, magistraturada o‘qishni davom ettirishni hamda IMPACT TEAM 2050 jamoasi tarkibida faol ishlashni rejalashtirmoqda.“Endilikda mening vazifam — yoshlarga, mamlakatimga, barcha insonlarga atom energiyasining qo‘rqinchli emasligini ko‘rsatish. Bu yerda hamma narsa toza. Elektr stansiyalarining o‘zida o‘tkazilgan ko‘plab ilmiy va amaliy tadqiqotlar AESlar nafaqat bizning mintaqamiz, balki butun dunyo uchun ancha xavfsizroq va samaraliroq ekanini tushunishimizga imkon beradi. Ya’ni, neft va gaz mahsulotlarini kamaytirish kabi kun tartibi mavjud bo‘lgan bir paytda ko‘plab davlatlar allaqachon bu tendensiyaga intilmoqda”, — deydi u.Muhiddin IMPACT TEAM 2050 tarkibida nima bilan shug‘ullanishi haqida batafsil Sputnikvideosida tomosha qiling.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/04/58827274_502:0:1855:1015_1920x0_80_0_0_eaa76e2fc2c3da95316dc201ef2c220d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rosatom, talabalar, o‘zbekiston, rossiya, atom energetikasi, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasini rivojlantirish agentligi, o‘zatom, video
rosatom, talabalar, o‘zbekiston, rossiya, atom energetikasi, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasini rivojlantirish agentligi, o‘zatom, video
O‘zbekistonlik talaba atom yoshlar kengashiga qanday a’zo bo‘ldi
15:49 04.07.2026 (yangilandi: 15:51 04.07.2026) "Rosatom" rahbari Aleksey Lixachev boshchiligidagi ushbu kengash tinch atom va barqaror rivojlanishni ilgari surish uchun butun dunyodan yosh istiqbolli mutaxassislarni birlashtiradi.
MMFI MATU Toshkent filiali 4-bosqich talabasi Muhiddin Umidov IMPACT TEAM 2050 xalqaro yoshlar maslahat kengashining yangi tarkibiga kirgan turli mamlakatlarning 13 nafar yosh mutaxassisidan biri bo‘ldi. Bu uning uchun nafaqat shaxsiy yutuq, balki mamlakat yoshlari nomidan xalqaro maydonda so‘zlash imkoniyatidir.
Kengashning yangi tarkibi joriy yilda dunyoning 85 mamlakatidan 700 dan ortiq ishtirokchini jamlagan “Obninsk NEW” IV Xalqaro yoshlar yadro forumida e’lon qilindi.
“Men “Impact Team 2050” jamoasiga kiritilganimni va Rossiyaning birinchi fan shahri— Obninskka borishimni, u yerda ilm-fan, yadro ilmi, fizikasi, atom energetikasi muhitini, bu sohani olg‘a surayotgan yoshlarning shijoatini his qilishimni bilganimda... Bu men uchun haqiqiy “vau” lahza bo‘ldi”, — deydi talaba.
Yoshlar kengashi a’zosi bo‘lish uchun u ariza topshirgani, ijtimoiy va media faolligini namoyon etgani va 2050-yilda o‘zini qayerda ko‘rishini gapirib berdi. Va… saralashdan o‘tdi!
Muhiddin MMFI MTAU Toshkent filiali talabalari orasidan xalqaro yoshlar kengashi tarkibiga kirgan birinchi talaba bo‘ldi. Endilikda u O‘zbekiston atom sohasi yosh mutaxassislarining manfaatlarini ifodalaydi, kadrlar salohiyatini rivojlantirishga doir tashabbuslarni ishlab chiqishda qatnashadi, tinch atom g‘oyalarini ilgari suradi hamda mintaqa yoshlari va “Rosatom” rahbariyati orasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Yana bir muhim vazifa — tinch atom g‘oyasini targ‘ib qilishdir.
Muhiddinning so‘zlariga ko‘ra, IMPACT TEAM 2050 da ishtirok – bu avvalo, eng yaxshi mutaxassislardan o‘rganish, tajriba almashish va atom energetikasi rivojiga hissa qo‘shadigan yechimlarni birgalikda izlash imkoniyatidir.
“Men uchun bu yangi bilimlarga ega bo‘lish hamda turli mamlakatlar va sohalar vakillari bilan birga ishlash imkoniyatidir. Bunday hamkorlik barchamizning kasbiy yuksalishimizga yordam beradi”, — deydi u.
Bugun Muhiddin o‘qishni MMFI MTAU Toshkent filiali Energoaudit va energiya samaradorligi laboratoriyasidagi assistentlik ishi bilan birga olib bormoqda. U, shuningdek, “O‘zbekiston yoshlar akademiyasi” dasturining murabbiyi, Jizzax viloyatining Forish tumanida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvlarida mamlakat yoshlari nomidan qatnashgan va Moskvadagi Jahon atom haftaligida ishtirok etgan.
Talabaning fikricha, atom sohasining rivojlanishi yosh mutaxassislar uchun mutlaqo yangi istiqbollar ochadi.
“Kelajakda mintaqamizda AESlar soni yanada ko‘payadi deb umid qilaman va bu yorqin, mustaqil hamda ekologik toza energetik kelajakka erishish yo‘lidagi yangi bosqich, yangi davr bo‘ladi”, — deydi u.
Muhiddin bakalavriatni tugatib, magistraturada o‘qishni davom ettirishni hamda IMPACT TEAM 2050 jamoasi tarkibida faol ishlashni rejalashtirmoqda.
“Endilikda mening vazifam — yoshlarga, mamlakatimga, barcha insonlarga atom energiyasining qo‘rqinchli emasligini ko‘rsatish. Bu yerda hamma narsa toza. Elektr stansiyalarining o‘zida o‘tkazilgan ko‘plab ilmiy va amaliy tadqiqotlar AESlar nafaqat bizning mintaqamiz, balki butun dunyo uchun ancha xavfsizroq va samaraliroq ekanini tushunishimizga imkon beradi. Ya’ni, neft va gaz mahsulotlarini kamaytirish kabi kun tartibi mavjud bo‘lgan bir paytda ko‘plab davlatlar allaqachon bu tendensiyaga intilmoqda”, — deydi u.
Muhiddin IMPACT TEAM 2050 tarkibida nima bilan shug‘ullanishi haqida batafsil Sputnikvideosida tomosha qiling.