https://oz.sputniknews.uz/20260704/eron-ogir-sinovni-sharaf-bilan-engib-otdi-medvedev-58824623.html
Eron og‘ir sinovni sharaf bilan yengib o‘tdi - Dmitriy Medvedev
Eron og‘ir sinovni sharaf bilan yengib o‘tdi - Dmitriy Medvedev
Sputnik O‘zbekiston
Eron mojaroda o‘zining "yadroviy quroli" — Xo‘rmuz bo‘g‘ozining kuchini ko‘rsatdi. Ammo zahirada unda "termo yadroviy" qurol ham bor. 04.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-04T14:44+0500
2026-07-04T14:44+0500
2026-07-04T17:02+0500
rossiya
eron
dmitriy medvedev
sanksiya
yadroviy dastur
mas’ud pezeshkiyon
oyatulloh ali homanaiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/02/40625815_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_17f31621230a4e6775dc997234ca65da.jpg
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Eron og‘ir sinovni sharaf bilan yengib o‘tdi, dedi Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Eronga safar yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda. Medvedev juma kuni sobiq Oliy Rahbar Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun Eronga tashrif buyurgan edi.Uning ta’kidlashicha, bo‘g‘oz orqali transport harakatini to‘sib qo‘yish orqali Eron o‘z kuchini namoyish etdi - hozirda bu masala bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda va bo‘g‘oz qanday ishlashi bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda."Umuman olganda, Tehrondagi umumiy vaziyat menda butunlay ijobiy taassurot qoldirdi. Poytaxt yaxshi rivojlnmoqda, garchi Tehrondagi ayrim mahallalar Qo‘shma Shtatlar tomonidan hujumi oqibatida butunlay vayron qilingan bo‘lsa ham", dedi Medvedev.Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, shuningdek, Eronga hujumni rejalashtirgan kishilar o‘zini obro‘sizlantirganini ta’kidladi. Shuningdek u ushbu vaziyat xalqaro huquq tizimi yemirlanganidan darak berishini ham aytib o‘tdi."Eron Qo‘shma Shtatlarga hech qanday tahdid solmagan edi. Bundan tashqari, u Amerika bilan muzokaralar olib borib, qandaydir kelishuvga erishishga harakat qildi. Keyin esa Eronga zarba berish buyrug‘i berildi. Bu xalqaro huquq tizimining yo‘q qilinishidan dalolat beruvchi afsuslanarli fakt", - deb ta’kidladi Medvedev.Medvedev 18-iyunda Eron va Qo‘shma Shtatlar orasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi keyingi muzokaralar uchun zamin yaratayotganini ta’kidladi.Medvedev Rossiya delegatsiyasining Eronga tashrifi Putinning bevosita buyrug‘i bilan bo‘lib o‘tganini va Ali Xomeneining xayrlashuviga bag‘ishlanganini aytdi."Biz chuqur hamdardligimizni bildirdik. Men prezident Pezeshkiyon bilan suhbatlashdim va unga Rossiya prezidentining hamdardligini ham yetkazdim", dedi Medvedev jurnalistlarga.Shuningdek, Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari sanksiyalar kiritilgan davlatlar tomonidan ularga qarshi turish uchun platforma yaratish g‘oyasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Rossiya eron Eronning yadroviy materiallarini boshqarish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritganini va bu muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260704/buyuk-vidolashuv-eron-xalqi-oz-etakchisini-yoqotdi-lekin-ulkan-tayanch-va-himoyaga-ega-boldi-58817139.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/02/40625815_135:0:2866:2048_1920x0_80_0_0_9aaf6fdfe564d62dd4616b2ea497c874.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, eron, dmitriy medvedev, sanksiya, yadroviy dastur, mas’ud pezeshkiyon, oyatulloh ali homanaiy
rossiya, eron, dmitriy medvedev, sanksiya, yadroviy dastur, mas’ud pezeshkiyon, oyatulloh ali homanaiy
Eron og‘ir sinovni sharaf bilan yengib o‘tdi - Dmitriy Medvedev
14:44 04.07.2026 (yangilandi: 17:02 04.07.2026) Eron mojaroda o‘zining "yadroviy quroli" — Xo‘rmuz bo‘g‘ozining kuchini ko‘rsatdi. Ammo zahirada unda "termo yadroviy" qurol ham bor.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Eron og‘ir sinovni sharaf bilan yengib o‘tdi, dedi Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Eronga safar yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda.
Medvedev juma kuni sobiq Oliy Rahbar Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun Eronga tashrif buyurgan edi.
"Umuman olganda, Eron bu og‘ir sinovni sharaf bilan yengib o‘tdi deb o‘ylayman. Yaqinda men mojaro tufayli Eron yadroviy qurol o‘rniga undan kuchsizroq bo‘lmagan yana bir qurolni — Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kashf etganini aytgan edim. Ammo zaxirada unda "termoyadroviy qurol" ham bor. Bu — Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi. Harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda uni ishlatish mumkin. Bu barcha neft va boshqa yuk tashishlarni to‘sib qo‘yadi. Umid qilamanki, holat bu darajaga yetmaydi, lekin mintaqada mojaro izlayotgan davlatlar buni yodda tutishi kerak", — dedi Medvedev jurnalistlarga.
Uning ta’kidlashicha, bo‘g‘oz orqali transport harakatini to‘sib qo‘yish orqali Eron o‘z kuchini namoyish etdi - hozirda bu masala bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda va bo‘g‘oz qanday ishlashi bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda.
"Umuman olganda, Tehrondagi umumiy vaziyat menda butunlay ijobiy taassurot qoldirdi. Poytaxt yaxshi rivojlnmoqda, garchi Tehrondagi ayrim mahallalar Qo‘shma Shtatlar tomonidan hujumi oqibatida butunlay vayron qilingan bo‘lsa ham", dedi Medvedev.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, shuningdek, Eronga hujumni rejalashtirgan kishilar o‘zini obro‘sizlantirganini ta’kidladi.
"Aslida Amerika Qo‘shma Shtatlarining bunday tajovuzkor harakati mutlaqo asossiz edi... Oliy rahbar va butun Eron rahbariyati halok bo‘ldi. Ko‘p sonli tinch aholi va maktab o‘quvchilari halok bo‘ldi. Bu, albatta, bunday qarorlarni qabul qilgan kishilarning obro‘yini oshirmaydi," - dedi Medvedev.
Shuningdek u ushbu vaziyat xalqaro huquq tizimi yemirlanganidan darak berishini ham aytib o‘tdi.
"Eron Qo‘shma Shtatlarga hech qanday tahdid solmagan edi. Bundan tashqari, u Amerika bilan muzokaralar olib borib, qandaydir kelishuvga erishishga harakat qildi. Keyin esa Eronga zarba berish buyrug‘i berildi. Bu xalqaro huquq tizimining yo‘q qilinishidan dalolat beruvchi afsuslanarli fakt", - deb ta’kidladi Medvedev.
Medvedev 18-iyunda Eron va Qo‘shma Shtatlar orasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi keyingi muzokaralar uchun zamin yaratayotganini ta’kidladi.
"Endi bizda hujjatlar bor va yakuniy kelishuvlarga erishish uchun belgilangan muddat boshlandi. Ochig‘i, menimcha, bu jarayon juda qiyin bo‘ladi. Masalan, Eronni qayta tiklash uchun mablag‘ ajratish kabi bir qator masalalar bo‘yicha kelishuvga erishish juda qiyin bo‘ladi", dedi Medvedev.
Medvedev Rossiya delegatsiyasining Eronga tashrifi Putinning bevosita buyrug‘i bilan bo‘lib o‘tganini va Ali Xomeneining xayrlashuviga bag‘ishlanganini aytdi.
"Biz chuqur hamdardligimizni bildirdik. Men prezident Pezeshkiyon bilan suhbatlashdim va unga Rossiya prezidentining hamdardligini ham yetkazdim", dedi Medvedev jurnalistlarga.
Shuningdek, Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari sanksiyalar kiritilgan davlatlar tomonidan ularga qarshi turish uchun platforma yaratish g‘oyasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
"Biz Eron, Xitoy va boshqa bir qator davlatlar bilan birgalikda noqonuniy sanksiyalarga duch kelgan davlatlar shartnomasi yoki biror shunday platforma yaratishimiz mumkin. Va hatto o‘zimiz ham sanksiyalar qo‘llashimiz mumkin. Darvoqe, Eron prezidenti Pezeshkiyon bilan uchrashuvda ushbu mavzu ham muhokama qilingan mavzulardan biri bo‘ldi", - dedi Medvedev.
Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Rossiya eron Eronning yadroviy materiallarini boshqarish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritganini va bu muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.