https://oz.sputniknews.uz/20260704/buyuk-vidolashuv-eron-xalqi-oz-etakchisini-yoqotdi-lekin-ulkan-tayanch-va-himoyaga-ega-boldi-58817139.html
Buyuk vidolashuv: Eron xalqi o‘z yetakchisini yo‘qotdi, lekin ulkan ruhiy tayanchga ega bo‘ldi
Buyuk vidolashuv: Eron xalqi o‘z yetakchisini yo‘qotdi, lekin ulkan ruhiy tayanchga ega bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Olyatulloh Sayid Ali Xomanaiy — o‘limga tik boqib o‘z tanlagan yo‘liga umrining oxirigacha sodiq qoldi. Eron xalqi — buyuk shahid, vatanparvar va iymon himoyachisining... 04.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-04T11:36+0500
2026-07-04T11:36+0500
2026-07-04T17:07+0500
eron
oyatulloh ali homanaiy
mujtaba homanaiy
rahbar
aqsh
musulmonlar
dafn marosimi
tehron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/04/58818423_0:0:1181:665_1920x0_80_0_0_e131522b8318b1010fafd64e00590f71.jpg
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy 28-fevral kuni, AQSh-Isroil tajovuzining birinchi kunida qurbon bo‘lgan edi. Kecha Eronda buyuk yetakchi bilan vidolashuv marosimi boshlandi. Tehron bu tadbirni "asrning eng muhim voqeasi" deb atagan. Darhaqiqat, 86 yoshli yetakchi bilan vidolashuv nafaqat insoniyat tarixidagi eng katta dafn marosimi, balki qadimgi xalqning e’tiqodi va irodasining namoyishi ham bo‘ladi.Marosimning o‘zi misli ko‘rilmagan darajada ulkan: rahbar Xomanaiy bilan vidolashuv olti kun davom etadi va u kelasi payshanba kuni o‘z tug‘ilgan shahri (va eronliklar uchun muqaddas shahar) Mashhadda dafn etiladi. Tehronda rasmiy vidolashuv marosimi kecha boshlandi. Marosim poytaxtda dushanba kunigacha davom etadi, shundan so‘ng tobut muqaddas Qum shahriga ko‘chiriladi. Undan keyin tobut shiya musulmonlar uchun eng muhim shaharlar — Iroqdagi Karbala va Najafda davom etadi. Shundan keyingina oyatulloh Mashhadda dafn etiladi.Dafn marosimiga 100ga yaqin davlat vakillari tashrif buyurgan, jami 20 milliondan ortiq odam ishtirok etishi kutilmoqda, bu Eron Islom Respublikasi asoschisi bo‘lgan 1989-yilda vafot etgan Imom Xomanaiyning dafn marosimiga kelganlar sonidan ikki baravar ko‘p. To‘g‘ri, Imomning dafn marosimi atigi ikki kun davom etdi, ammo uning dafn marosimi hozirgi kabi to‘rt oyga kechiktirilmadi. Eronliklar urush va marosim paytida yangi rahbarga suiqasd tahdidi juda xavfi juda yuqori bo‘lgani uchun dafn marosimini kechiktirishdi. Isroil amalda Mojtaba Xomeneyini o‘ldirish niyatini ham yashirmadi. Oyatullohning uyiga qilingan hujum oqibatida nafaqat uning o‘zi, balki uning oila a’zolarini, jumladan, 14 oylik nabirasi ham qurbon bo‘ldi.Shuning uchun bugun eronliklar Xomanaiy oilasining besh nafar vakillari bilan xayrlashmoqda. Garchi tajovuzkorlar, rahbarning butun oilasini o‘ldirishga umid qilgan bo‘lsa-da, uning rafiqasi va o‘g‘li tirik qolishdi, yarador Mojtaba esa otasining o‘rnini egalladi. Uning ommaviy marosimlarda qatnashishi yoki qatnashmasligi hali ham noma’lum: Isroil hujumidan qo‘rqib emas, balki sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli. Uning naqadar sog‘aygani hozircha noma’lum. Agar yangi oliy rahbar xalq va dunyo oldida paydo bo‘lsa, bu o‘z-o‘zidan nafaqat hayotning o‘lim ustidan g‘alaba qozonganining, balki Eronning dunyoning eng qudratli davlatining hujumlariga bardosh berganining yana bir tasdig‘i bo‘ladi.Mamlakatni 37-yil boshqargan oyatulloh baribir Eron tarixida buyuk shaxs bo‘lib qolar edi, ammo uning dushman qo‘lidan shahid bo‘lishi — Xomanaiyga bo‘lgan hurmatni tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajaga ko‘tardi. Rahbar Xomanaiy tarixga kirdi. U nafaqat Eron tarixiga, balki bugun jahon tarixiga — chinakam qo‘rqmas qahramon sifatida kirdi. U dinlar, madaniyatlar, sivilizatsiyalar orasidagi munosabatlarda mavjud yovuzlikka qarshi kurash timsoli sifatida qoladi. U o‘zini "tanlangan millat" deb hisoblab boshqalarni nazorat qilish jazolash huquqini o‘zlashtirib olgan shaytoniy ishonchga qarshi kurash ramzi sifatida qoladi. Vanihoyat, u — insonni mangu barhayot qiluvchi ruhning tana ustidan g‘alabasi ramzi sifatida qoladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260704/eron-va-ozbekiston-iqtisodiy-va-tranzit-hamkorligini-rivojlantirish-kerak-58821842.html
eron
tehron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/04/58818423_0:0:1181:887_1920x0_80_0_0_8aa109acc984a09c5cef020a90f3f11c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
eron, oyatulloh ali homanaiy, mujtaba homanaiy, rahbar, aqsh, musulmonlar, dafn marosimi, tehron
eron, oyatulloh ali homanaiy, mujtaba homanaiy, rahbar, aqsh, musulmonlar, dafn marosimi, tehron
Buyuk vidolashuv: Eron xalqi o‘z yetakchisini yo‘qotdi, lekin ulkan ruhiy tayanchga ega bo‘ldi
11:36 04.07.2026 (yangilandi: 17:07 04.07.2026) Olyatulloh Sayid Ali Xomanaiy — o‘limga tik boqib o‘z tanlagan yo‘liga umrining oxirigacha sodiq qoldi. Eron xalqi — buyuk shahid, vatanparvar va iymon himoyachisining yangi timsoliga ega bo‘ldi.
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy 28-fevral kuni, AQSh-Isroil tajovuzining birinchi kunida qurbon bo‘lgan edi. Kecha Eronda buyuk yetakchi bilan vidolashuv marosimi boshlandi. Tehron bu tadbirni "asrning eng muhim voqeasi" deb atagan. Darhaqiqat, 86 yoshli yetakchi bilan vidolashuv nafaqat insoniyat tarixidagi eng katta dafn marosimi, balki qadimgi xalqning e’tiqodi va irodasining namoyishi ham bo‘ladi.
Marosimning o‘zi misli ko‘rilmagan darajada ulkan: rahbar Xomanaiy bilan vidolashuv olti kun davom etadi va u kelasi payshanba kuni o‘z tug‘ilgan shahri (va eronliklar uchun muqaddas shahar) Mashhadda dafn etiladi. Tehronda rasmiy vidolashuv marosimi kecha boshlandi. Marosim poytaxtda dushanba kunigacha davom etadi, shundan so‘ng tobut muqaddas Qum shahriga ko‘chiriladi. Undan keyin tobut shiya musulmonlar uchun eng muhim shaharlar — Iroqdagi Karbala va Najafda davom etadi. Shundan keyingina oyatulloh Mashhadda dafn etiladi.
Dafn marosimiga 100ga yaqin davlat vakillari tashrif buyurgan, jami 20 milliondan ortiq odam ishtirok etishi kutilmoqda, bu Eron Islom Respublikasi asoschisi bo‘lgan 1989-yilda vafot etgan Imom Xomanaiyning dafn marosimiga kelganlar sonidan ikki baravar ko‘p. To‘g‘ri, Imomning dafn marosimi atigi ikki kun davom etdi, ammo uning dafn marosimi hozirgi kabi to‘rt oyga kechiktirilmadi.
Eronliklar urush va marosim paytida yangi rahbarga suiqasd tahdidi juda xavfi juda yuqori bo‘lgani uchun dafn marosimini kechiktirishdi. Isroil amalda Mojtaba Xomeneyini o‘ldirish niyatini ham yashirmadi. Oyatullohning uyiga qilingan hujum oqibatida nafaqat uning o‘zi, balki uning oila a’zolarini, jumladan, 14 oylik nabirasi ham qurbon bo‘ldi.
Shuning uchun bugun eronliklar Xomanaiy oilasining besh nafar vakillari bilan xayrlashmoqda. Garchi tajovuzkorlar, rahbarning butun oilasini o‘ldirishga umid qilgan bo‘lsa-da, uning rafiqasi va o‘g‘li tirik qolishdi, yarador Mojtaba esa otasining o‘rnini egalladi. Uning ommaviy marosimlarda qatnashishi yoki qatnashmasligi hali ham noma’lum: Isroil hujumidan qo‘rqib emas, balki sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli. Uning naqadar sog‘aygani hozircha noma’lum. Agar yangi oliy rahbar xalq va dunyo oldida paydo bo‘lsa, bu o‘z-o‘zidan nafaqat hayotning o‘lim ustidan g‘alaba qozonganining, balki Eronning dunyoning eng qudratli davlatining hujumlariga bardosh berganining yana bir tasdig‘i bo‘ladi.
Eron — g‘alaba qozondi. Ali Xomanaiy shahid bo‘ldi va Eron bardoshi va iymonining ramziga aylandi. Shahidlik — shia musulmonchiligida juda muhim o‘rin tutadi va endi eronliklar chinakam buyuk shahid va vatanparvar, vatan va iymon himoyachisining yangi ramziga ega bo‘lishdi.
Mamlakatni 37-yil boshqargan oyatulloh baribir Eron tarixida buyuk shaxs bo‘lib qolar edi, ammo uning dushman qo‘lidan shahid bo‘lishi — Xomanaiyga bo‘lgan hurmatni tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajaga ko‘tardi.
Boshqacha qilib aytganda, AQSh va Isroil asosiy o‘zlarining asosiy maqsadi bo‘lgan — Islom Respublikasini yo‘q qilish o‘rniga, uning poydevorini mustahkamladilar. Chunki inson ruhiyatiga qarshi qo‘pol kuch ishlatilganda — haqiqiy iymon har doim g‘alaba qozonadi.
Rahbar Xomanaiy tarixga kirdi. U nafaqat Eron tarixiga, balki bugun jahon tarixiga — chinakam qo‘rqmas qahramon sifatida kirdi. U dinlar, madaniyatlar, sivilizatsiyalar orasidagi munosabatlarda mavjud yovuzlikka qarshi kurash timsoli sifatida qoladi. U o‘zini "tanlangan millat" deb hisoblab boshqalarni nazorat qilish jazolash huquqini o‘zlashtirib olgan shaytoniy ishonchga qarshi kurash ramzi sifatida qoladi. Vanihoyat, u — insonni mangu barhayot qiluvchi ruhning tana ustidan g‘alabasi ramzi sifatida qoladi.