https://oz.sputniknews.uz/20260703/toshkent-viloyatida-issiqxonalarni-kochirish-boshlandi-58787618.html
Toshkent viloyatida issiqxonalarni ko‘chirish boshlandi
Toshkent viloyatida issiqxonalarni ko‘chirish boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga issiqxonalarni Surxondaryo viloyatida joylashgan "Surxon-Agro" EIZ hududiga ko‘chirish taklif etildi. 03.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-03T10:23+0500
2026-07-03T10:23+0500
2026-07-03T10:23+0500
toshkent viloyati
ekologiya
issiqxona
gaz
davlat ekologiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/02/48696935_366:0:3715:1884_1920x0_80_0_0_dac6a5f6ea5cdb93ed0b577082a4435b.jpg
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish ishlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Ekologiya qo‘mitasi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, kuz-qish mavsumida ko‘plab issiqxonalar sun’iy isitish uchun ko‘mir, mazut, avtomobil shinalari va boshqa zararli yoqilg‘i turlaridan foydalangan. Bu esa atmosfera havosiga belgilangan meyorlardan ortiq miqdorda zararli moddalar chiqarilishiga sabab bo‘lib, nafaqat atrof-muhitga, balki aholi salomatligiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatgan, fuqarolardan ko‘plab asosli murojaatlar kelib tushgan.Maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida zararli yoqilg‘idan foydalangan issiqxonalarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, ifloslanish manbalari bartaraf etildi. Natijada atmosfera havosi sifatini ma’lum darajada yaxshilashga erishildi.Shu bilan birga, tadbirkorlarga issiqxonalarni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan "Surxon-Agro" EIZ hududiga ko‘chirish taklif etildi. Bunda hukumat tomonidan tadbirkorlarga ko‘chirish xarjatlari, dastlabki muddatda o‘zini tiklab olish uchun imtiyozli kreditlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralari taklif etildi. Ayni damda Toshkent viloyati tadbirkorlariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shundan so‘ng issiqxonalar sun’iy isitish tizimlaridan uziladi va tegishli shartnomalar bekor qilinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/02/48696935_784:0:3296:1884_1920x0_80_0_0_501cb3217a5067feb0dcfa60ae981a67.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent viloyati, ekologiya , issiqxona, gaz, davlat ekologiya qo‘mitasi
toshkent viloyati, ekologiya , issiqxona, gaz, davlat ekologiya qo‘mitasi
Toshkent viloyatida issiqxonalarni ko‘chirish boshlandi
Tadbirkorlarga issiqxonalarni Surxondaryo viloyatida joylashgan "Surxon-Agro" EIZ hududiga ko‘chirish taklif etildi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish ishlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Ekologiya qo‘mitasi.
Maxsus komissiya tomonidan Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent, Zangiota va Yuqori Chirchiq tumanlarida joylashgan issiqxonalarni demontaj qilish hamda ularni sun’iy isitish tizimlaridan uzish ishlari boshlandi, - deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, kuz-qish mavsumida ko‘plab issiqxonalar sun’iy isitish uchun ko‘mir, mazut, avtomobil shinalari va boshqa zararli yoqilg‘i turlaridan foydalangan. Bu esa atmosfera havosiga belgilangan meyorlardan ortiq miqdorda zararli moddalar chiqarilishiga sabab bo‘lib, nafaqat atrof-muhitga, balki aholi salomatligiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatgan, fuqarolardan ko‘plab asosli murojaatlar kelib tushgan.
Maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida zararli yoqilg‘idan foydalangan issiqxonalarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, ifloslanish manbalari bartaraf etildi. Natijada atmosfera havosi sifatini ma’lum darajada yaxshilashga erishildi.
Ushbu faktlarni hisobga olgan holda, hamda 108-sonli Prezident qarori 162-sonli Vazirlar Makamasi qarorlari asosida issiqxonalarni sun’iy isitish tizimlaridan uzish ishlari boshlandi, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, tadbirkorlarga issiqxonalarni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan "Surxon-Agro" EIZ hududiga ko‘chirish taklif etildi. Bunda hukumat tomonidan tadbirkorlarga ko‘chirish xarjatlari, dastlabki muddatda o‘zini tiklab olish uchun imtiyozli kreditlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralari taklif etildi.
2028 yil 1-aprelga qadar "Surxon-Agro" hududiga ko‘chiriladigan issiqxonalar uchun ularni demontaj qilish, tashish hamda qayta o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar yer maydonining har bir sotixi uchun 500 ming so‘mgacha miqdorda bir martalik tartibda qoplab beriladi.
Ayni damda Toshkent viloyati tadbirkorlariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shundan so‘ng issiqxonalar sun’iy isitish tizimlaridan uziladi va tegishli shartnomalar bekor qilinadi.