Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
Obuna bo‘lish
“Oltin mo‘yna” ordeni — xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun beriladi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi.
Mukofotni Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.
O‘zbekiston yetakchisi Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili, Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze hamda Parlament Raisi Shalva Papuashviliga yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, do‘st Gruziya xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tbilisi proshla torjestvennaya seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Uzbekistana.
V Tbilisi proshla torjestvennaya seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
V Tbilisi proshla torjestvennaya seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Uzbekistana.
1998 yilda ta’sis etilgan “Oltin mo‘yna” ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda gruzin madaniyati, ilm-fani va san’atini targ‘ib etish borasidagi alohida xizmatlar uchun beriladi.
Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya Podshohi Abdulla II, Germaniya Kansleri Gerxard Shroder, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tbilisi proshla torjestvennaya seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Uzbekistana.
V Tbilisi proshla torjestvennaya seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
V Tbilisi proshla torjestvennaya seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Uzbekistana.
Shundan so‘ng Tbilisida Prezident Shavkat Mirziyoyev sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze funikulorda butun shahar manzarasi ko‘rinib turadigan Mtasminda tog‘iga ko‘tarildilar. Bu yerda yetakchilar birgalikda suratga tushdilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Yangiliklar lentasi
0