Mahkum va sudlanuvchiga yordam berishni va’da qilgan advokatlar 17 ming dollar bilan ushlandi

© Press-slujba SGBV Djizake i Samarkande vozbujdeno ugolovnoe delo v otnoshenii dvux advokatov
V Djizake i Samarkande vozbujdeno ugolovnoe delo v otnoshenii dvux advokatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Obuna bo‘lish
Jizzax va Samarqand viloyatlarida ikki advokat pul olgan vaqtida ushlandi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat yurituvchi advokatning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, advokat mansabdor tanishlari orqali Jizzax viloyatidagi manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumning jazosini qisqartirib berishni va’da qilgan. U mahkumning tanishidan 15 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yana bir holat Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida aniqlandi. U yerda faoliyat yurituvchi advokat jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida ko‘rilayotgan ishda himoyachi sifatida qatnashgan.
U mansabdor tanishlari orqali sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlanishiga yordam berishini aytib, uning o‘g‘lidan 2 ming dollar talab qilgan. Tezkor tadbir davomida advokat so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
V naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat 40 ming dollar pora ishida ushlandi
Yangiliklar lentasi
0