https://oz.sputniknews.uz/20260701/world-bank-rogun-ges-grant-58730809.html
Jahon banki Rog‘un GES qurilishi uchun 300 mln dollarlik grantni ma’qulladi
Jahon banki Rog‘un GES qurilishi uchun 300 mln dollarlik grantni ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki Rog‘un GESi qurilishini moliyalashtirishni kengaytirdi. Loyiha uchun ajratilgan umumiy mablag‘ 650 mln dollarga yetdi, u qurilish ishlari hamda ekologik va ijtimoiy xavfsizlik talablarini ta’minlashga yo‘naltiriladi.
2026-07-01T13:31+0500
2026-07-01T13:31+0500
2026-07-01T13:31+0500
energetika
suv
ges qurilishi
rog‘un ges
moliyalashtirish
dunyoda
tojikiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24965335_0:85:1620:996_1920x0_80_0_0_c540d495f797bc1be9dc9e3f67130195.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Jahon banki Tojikistondagi Rog‘un GES qurilishini moliyalashtirishning ikkinchi bosqichini ma’qulladi. Loyiha uchun 300 million dollarlik grant ajratiladi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati ma’lum qildi.Bank ma’lumotiga ko‘ra, grant qurilish-montaj ishlari, elektromexanik uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish, shuningdek, loyihada sifat va xavfsizlik talablari bajarilishini nazorat qilishga yo‘naltiriladi. Shu bilan Jahon banki tomonidan Rog‘un GESni moliyalashtirishning umumiy hajmi 650 million dollarga yetdi.Jahon banki Rog‘un GES Tojikistonda elektr energiyasi taqchilligini kamaytirishi va yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251204/central-asia-suv-limitlar-53940772.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24965335_90:0:1530:1080_1920x0_80_0_0_1a72a602130ed3711257ba4d634ed7cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika, suv, ges qurilishi, rog‘un ges, moliyalashtirish, dunyoda, tojikiston
energetika, suv, ges qurilishi, rog‘un ges, moliyalashtirish, dunyoda, tojikiston
Jahon banki Rog‘un GES qurilishi uchun 300 mln dollarlik grantni ma’qulladi
Bankning loyihani moliyalashtirishining umumiy hajmi 650 mln dollarga yetdi
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Jahon banki Tojikistondagi Rog‘un GES qurilishini moliyalashtirishning ikkinchi bosqichini ma’qulladi. Loyiha uchun 300 million dollarlik grant ajratiladi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Bank ma’lumotiga ko‘ra, grant qurilish-montaj ishlari, elektromexanik uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish, shuningdek, loyihada sifat va xavfsizlik talablari bajarilishini nazorat qilishga yo‘naltiriladi. Shu bilan Jahon banki tomonidan Rog‘un GESni moliyalashtirishning umumiy hajmi 650 million dollarga yetdi.
Jahon banki Rog‘un GES Tojikistonda elektr energiyasi taqchilligini kamaytirishi va yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Rog‘un GESi Dushanbe shahridan 110 km uzoqlikda, Vaxsh darosida joylashgan. Vaxsh Amudaryo havzasining muhim irmoqlaridan biri hisoblanadi.
Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, Rog‘un GESning to‘liq quvvati 3 780 MVtni tashkil etadi. Suv omborining umumiy sig‘imi 13,3 km³, to‘g‘on balandligi esa 335 metr bo‘lishi rejalashtirilgan. Taqqoslash uchun, Chorvoq suv omborining to‘liq sig‘imi qariyb 2 km³, Chorvoq GESning quvvati esa 666 MVt atrofida.
Rog‘un GES qurilishi 1976-yilda boshlangan, ammo SSSR parchalanganidan keyin to‘xtab qolgan. Keyinchalik Tojikiston loyihani qayta tikladi. Hozirgacha oltita agregatdan ikkitasi ishga tushirilgan. Uchinchi agregatni 2027-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.