O‘zbekistonda kamob yovvoyi hayvonlarni ovlash vaqtincha taqiqlanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishOxotnik
Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Obuna bo‘lish
Cheklov fermalar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan yoki yetishtirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlashga tatbiq etilmaydi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda kamob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni ovlash 2026-yil 1-avgustdan 2028-yil 1-yanvarga qadar taqiqlanadi. Bu bo‘yicha tegishli hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, taqiq hujjat ilovasida belgilangan kamob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvon turlariga nisbatan amal qiladi.
Shu bilan birga, cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan yoki yetishtirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlashga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, ilmiy va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ov qilish holatlari ham bundan mustasno.
Yovvoyi hayvonlarni tutish bo‘yicha kvotalarni shakllantirish va taqsimlashda ov qilish taqiqlangan turlarga kvota ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qarorda suv havzalarini baliq chavoqlari bilan boyitish choralari ham belgilangan. 2026-yil 1-avgustdan 2030-yil 1-yanvarga qadar respublika markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylarga har yili kamida 15 tonna baliq chavoqlari qo‘yiladi.
Baliq chavoqlari turlari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tuziladigan ro‘yxat asosida belgilanadi.
Krasnaya kniga Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
O‘zbekiston Qizil kitobi: ayrim hayvon va o‘simliklar chiqarilishi va ayrimlar qo‘shilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0