YeOIIda yangi tranzit tizimi ishga tushdi: u O‘zbekiston tashuvchilariga qanday foyda beradi?
YeOIIda yangi tranzit tizimi ishga tushdi: u O‘zbekiston tashuvchilariga qanday foyda beradi?
Sputnik O‘zbekiston
YeOII mamlakatlari va ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlar uchun yagona bojxona tranziti tizimi kuchga kirdi. U yuk tashishni soddalashtirish, xarajatlarni kamaytirish va nazorat shaffofligini oshirishga qaratilgan.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. 29-iyun kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va unga a’zo bo‘lmagan davlatlarning yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.Yangi tizim YeOII mamlakatlari va ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlar o‘rtasida yuk tashish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan. Asosiy yangiliklar orasida YeOII va uchinchi mamlakatlar bojxona organlari axborot tizimlarini integratsiya qilish, yagona tranzit deklaratsiyasi, elektron navigatsiya plombalaridan foydalanish va bojxona nazorati natijalarini o‘zaro tan olish nazarda tutilgan.YeIK ma’lumotlariga ko‘ra, bitim uchinchi mamlakatlar bilan alohida xalqaro shartnomalar tuzish uchun huquqiy asos yaratadi. Avvalroq komissiya bu yo‘nalishga O‘zbekiston ham qiziqish bildirganini qayd etgan edi.
Yagona bojxona tranziti tizimi yuk tashish jarayonlarini soddalashtirib, xarajatlarni kamaytirish, xavfsizlik va shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. 29 iyun kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va unga a’zo bo‘lmagan davlatlarning yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi tizim YeOII mamlakatlari va ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlar o‘rtasida yuk tashish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan.
“YeOII doirasida yagona bojxona tranziti tizimini joriy etish, shu jumladan, unga uchinchi mamlakatlarni ulash, transchegaraviy tashishlarning xavfsizlik va shaffoflik darajasini oshirish, tashishlarning uzluksizligiga erishish hamda yuklarni belgilangan manzilga yetkazib berish uchun biznes xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi”, — dedi YeIK bojxona hamkorligi vaziri Sergey Shklyayev.
Asosiy yangiliklar orasida YeOII va uchinchi mamlakatlar bojxona organlari axborot tizimlarini integratsiya qilish, yagona tranzit deklaratsiyasi, elektron navigatsiya plombalaridan foydalanish va bojxona nazorati natijalarini o‘zaro tan olish nazarda tutilgan.
YeIK ma’lumotlariga ko‘ra, bitim uchinchi mamlakatlar bilan alohida xalqaro shartnomalar tuzish uchun huquqiy asos yaratadi. Avvalroq komissiya bu yo‘nalishga O‘zbekiston ham qiziqish bildirganini qayd etgan edi.
“YeOII yagona bojxona tranziti tizimi yetkazib berish geografiyasini kengaytirishga xizmat qiladi: soddalashtirilgan tranzit tartib-qoidalari YeOII va uchinchi mamlakatlar bojxona hududi bo‘ylab yo‘nalishlarni yanada jozibador qiladi, yangi bozorlarga chiqishni rag‘batlantiradi”, — ta’kidladi YeIK vaziri.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.