https://oz.sputniknews.uz/20260630/xorij-fuqaro-avtomobil-elektron-ishonchnoma-58700489.html
O‘zbekistonda xorijliklarga avtomobil boshqarish uchun elektron ishonchnoma berilishi mumkin
O‘zbekistonda xorijliklarga avtomobil boshqarish uchun elektron ishonchnoma berilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda turistlar uchun avtomobil ijarasi xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda jarimalar hisobini raqamlashtirish, elektron ishonchnomalar, sug‘urta va avtokempinglar masalalari muhokama qilindi.
2026-06-30T14:04+0500
2026-06-30T14:04+0500
2026-06-30T14:22+0500
turizm
turizm qo‘mitasi
o‘zbekiston
sayyohlar
avtomobil
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54938474_0:66:1247:767_1920x0_80_0_0_be6ae6ee4adc8bd1ed2b1b683760e08c.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda turistlar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida avtomobil ijarasi — Rent Car xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Muloqot Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov rahbarligida tashkil etildi. Unda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, sug‘urta tashkilotlari mas’ullari, shuningdek, avtomobil ijarasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.Xususan, ijaraga berilgan avtomobillar bo‘yicha jarimalar va huquqbuzarliklarni hisobga olish tizimini takomillashtirish, davlat organlari o‘rtasida raqamli ma’lumot almashinuvini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Elektromobillar uchun quvvatlash infratuzilmasida xalqaro to‘lov tizimlarini joriy etish, avtomobil ijarasi kompaniyalari uchun maxsus sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish ham ustuvor masalalar qatorida qayd etildi.Bundan tashqari, avtoparklarni zamonaviy va ekologik toza transport vositalari bilan kengaytirish, soha uchun imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.Turistik hududlarda avtokempinglar, kemperlar uchun maxsus to‘xtash va servis nuqtalarini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260614/xorijiy-sayyohlar-58323953.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54938474_70:0:1179:832_1920x0_80_0_0_5182e5ebfa4389e4aa500dc0c16e73ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, turizm qo‘mitasi, o‘zbekiston, sayyohlar, avtomobil, transport
turizm, turizm qo‘mitasi, o‘zbekiston, sayyohlar, avtomobil, transport
O‘zbekistonda xorijliklarga avtomobil boshqarish uchun elektron ishonchnoma berilishi mumkin
14:04 30.06.2026 (yangilandi: 14:22 30.06.2026) O‘zbekistonda turistlar uchun avtomobil ijarasi xizmatlarini qulaylashtirish, jarimalar hisobini raqamlashtirish va sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda turistlar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida avtomobil ijarasi — Rent Car xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Muloqot Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov rahbarligida tashkil etildi. Unda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, sug‘urta tashkilotlari mas’ullari, shuningdek, avtomobil ijarasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda turistlar uchun avtomobil ijarasi xizmatlarini rivojlantirish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ijaraga berilgan avtomobillar bo‘yicha jarimalar va huquqbuzarliklarni hisobga olish tizimini takomillashtirish, davlat organlari o‘rtasida raqamli ma’lumot almashinuvini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xorijiy fuqarolar uchun transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish taklifi muhokama qilindi.
Elektromobillar uchun quvvatlash infratuzilmasida xalqaro to‘lov tizimlarini joriy etish, avtomobil ijarasi kompaniyalari uchun maxsus sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish ham ustuvor masalalar qatorida qayd etildi.
Bundan tashqari, avtoparklarni zamonaviy va ekologik toza transport vositalari bilan kengaytirish, soha uchun imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Turistik hududlarda avtokempinglar, kemperlar uchun maxsus to‘xtash va servis nuqtalarini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.