https://oz.sputniknews.uz/20260629/tadbirkorlar-tekshirish-tartib-ozgarish-58659495.html
Tadbirkorlarni tekshirish tartibi o‘zgarmoqda: kimlar tekshirilmaydi
Tadbirkorlarni tekshirish tartibi o‘zgarmoqda: kimlar tekshirilmaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tadbirkorlarni tekshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etilmoqda. Past xavf toifasidagi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
2026-06-29T12:02+0500
2026-06-29T12:02+0500
2026-06-29T12:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tadbirkor
yangi qonun
adliya vazirligi
intellektual mulk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45302110_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_ab7d6124ea9368f0dfe6afe20e46d954.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim sohalarda tadbirkorlik subyektlarini tekshirish tartibi o‘zgarmoqda. Adliya vazirligi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etishga oid idoraviy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi. Muhim jihati, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlardan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.Tadbirkorlar qonunbuzilish xavfi darajasiga qarab yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi.Past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Shu bilan birga, elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.Xavf darajasini baholash har bir vakolatli organning nazorat sohasi bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi. Yoqilg‘i-energetika sohasida xavf darajasi elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, neft va neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda energiya auditi bo‘yicha alohida mezonlar asosida baholanadi.Qishloq xo‘jaligida esa qishloq xo‘jaligi texnikasi nazorati, agrotexnik tadbirlar, yerlardan foydalanish, urug‘chilik, paxta va don mahsulotlari sohalari inobatga olinadi.Intellektual mulk sohasida tovar belgilari, geografik ko‘rsatkichlar, firma nomlari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‘yicha xavf mezonlari belgilanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251126/hujjat-bekor-qilinish-53747646.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45302110_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_afb59719810a4110ba15145ee2125cb3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, tadbirkor, yangi qonun, adliya vazirligi, intellektual mulk
jamiyat, o‘zbekiston, tadbirkor, yangi qonun, adliya vazirligi, intellektual mulk
Tadbirkorlarni tekshirish tartibi o‘zgarmoqda: kimlar tekshirilmaydi
12:02 29.06.2026 (yangilandi: 12:03 29.06.2026) Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlar faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi elektron tizim orqali baholanadi, past xavf toifasidagilar esa tekshirilmaydi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim sohalarda tadbirkorlik subyektlarini tekshirish tartibi o‘zgarmoqda. Adliya vazirligi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etishga oid idoraviy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazdi.
Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi.
Xavf darajasini aniqlashda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, ommaviy axborot vositalari va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Muhim jihati, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlardan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tadbirkorlar qonunbuzilish xavfi darajasiga qarab yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi.
Past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Shu bilan birga, elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.
Xavf darajasini baholash har bir vakolatli organning nazorat sohasi bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Jumladan, raqobat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, davlat xaridlari, tovar-xom ashyo birjalari, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari savdosi bo‘yicha mezonlar belgilangan.
Yoqilg‘i-energetika sohasida xavf darajasi elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, neft va neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda energiya auditi bo‘yicha alohida mezonlar asosida baholanadi.
Qishloq xo‘jaligida esa qishloq xo‘jaligi texnikasi nazorati, agrotexnik tadbirlar, yerlardan foydalanish, urug‘chilik, paxta va don mahsulotlari sohalari inobatga olinadi.
Intellektual mulk sohasida tovar belgilari, geografik ko‘rsatkichlar, firma nomlari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‘yicha xavf mezonlari belgilanadi.