https://oz.sputniknews.uz/20260626/mirziyoev-58623476.html
Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Mirziyoyev erkin va mas’uliyatli, xalqchil jurnalistikani jamiyat va davlat rivojlanishining zarur shartlaridan biri deb bilishini qayd etdi.
2026-06-26T17:44+0500
2026-06-26T17:44+0500
2026-06-26T17:44+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
matbuot va oav xodimlari kuni
tabrik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43903065_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_0ca455248b10cd15c2b4efbf53e2a5c4.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.Davlat rahbarining ta’kidlashicha, axborot oqimi keskin ortib, dipfeyk texnologiyalari keng tarqalayotgan bugungi davrda manbalarning ishonchli ekaniga alohida e’tibor qaratish mamlakatda ham muhim ko‘nikmaga aylandi. Qisqa vaqtda turli media loyihalar orqali 10 ming yoshni qamrab oladigan zamonaviy ta’lim tizimi shakllantirildi.Mirziyoyev erkin va mas’uliyatli, xalqchil jurnalistikani jamiyat va davlat rivojlanishining zarur shartlaridan biri deb bilishini qayd etdi.Bu borada ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyati uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ularning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, kasb mahorati va malakasini oshirish, jumladan, ijtimoiy himoyasini ta’minlash, mehnatini rag‘batlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Prezident O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, uning nufuzini oshirish va islohotlar jarayonidagi ishtirokini kengaytirish zarur deb hisoblaydi. Chunki tez o‘zgarayotgan bugungi davrning o‘zi ushbu jamoat birlashmasi oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.Kuni kecha prezident qator OAV xodimlarini unvon, orden va medallar bilan taqdirladi. Taqdirlanganlarnin to‘liq ro‘yxati quyida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43903065_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_0b84edef9339f7e25cbf95670a8556bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, matbuot va oav xodimlari kuni, tabrik
jamiyat, shavkat mirziyoyev, matbuot va oav xodimlari kuni, tabrik
Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
Ma’lum qilinishicha, ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyati uchun imkoniyatlar yanada kengaytiriladi, ularning huquq va manfaatlari himoyasi kuchaytiriladi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan
tabrikladi. “Men sizlarni – yuksak bilim va salohiyatga ega, vatanparvar barcha jurnalistlarni o‘zim uchun doimiy maslakdosh, jonkuyar do‘st deb bilishimni yana bir bor izhor etaman”, - deyilgan tabrikda.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, axborot oqimi keskin ortib, dipfeyk texnologiyalari keng tarqalayotgan bugungi davrda manbalarning ishonchli ekaniga alohida e’tibor qaratish mamlakatda ham muhim ko‘nikmaga aylandi. Qisqa vaqtda turli media loyihalar orqali 10 ming yoshni qamrab oladigan zamonaviy ta’lim tizimi shakllantirildi.
Mirziyoyev erkin va mas’uliyatli, xalqchil jurnalistikani jamiyat va davlat rivojlanishining zarur shartlaridan biri deb bilishini qayd etdi.
Bu borada ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyati uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ularning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, kasb mahorati va malakasini oshirish, jumladan, ijtimoiy himoyasini ta’minlash, mehnatini rag‘batlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Prezident O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, uning nufuzini oshirish va islohotlar jarayonidagi ishtirokini kengaytirish zarur deb hisoblaydi. Chunki tez o‘zgarayotgan bugungi davrning o‘zi ushbu jamoat birlashmasi oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.
“Men mamlakat rahbari sifatida milliy ommaviy axborot vositalarimiz davlat va jamiyat o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini bajarish barobarida xalqimizni umummilliy manfaatlar asosida birlashtiradigan, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan qudratli ma’naviy kuchga aylanishi uchun barcha yordam va ko‘makni ko‘rsatishga doimo tayyorman”, - dedi Mirziyoyev.
Kuni kecha prezident qator OAV xodimlarini unvon, orden va medallar bilan taqdirladi. Taqdirlanganlarnin to‘liq ro‘yxati
quyida.