Moody’s O‘zbekiston reytingini oshirdi: bu mamlakatga nima beradi

© AP Photo / Mark LennihanMoody's Ratings
Moody's Ratings - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning suveren kredit reytingi "Ba3"dan "Ba2"ga ko‘tarildi. Agentlik buni boshqaruv sifati va iqtisodiy ko‘rsatkichlar yaxshilanishi bilan izohladi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Nufuzli "Moody’s Ratings" xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini Ba3 darajasidan Ba2 darajasiga ko‘tardi. Reyting bo‘yicha prognoz “barqaror” deb belgilandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlikning baholashicha, reytingning oshirilishi mamlakatda institutsional va boshqaruv sifati izchil yaxshilanayotgani, shuningdek, iqtisodiy va fiskal ko‘rsatkichlar mustahkamlanayotgani bilan bog‘liq.
“Barqaror” prognoz esa Moody’s O‘zbekiston kredit profiliga ta’sir etuvchi xatarlarni hozirgi Ba2 darajasida muvozanatlangan deb baholayotganini anglatadi.
Bu O‘zbekistonga nima beradi?
Suveren kredit reytingining oshishi mamlakatning xalqaro moliya bozorlaridagi ishonchliligini kuchaytiradi. Oddiy qilib aytganda, xorijiy investorlar va kreditorlar O‘zbekistonni qarz majburiyatlarini bajarish qobiliyati yuqoriroq davlat sifatida baholay boshlaydi.
Bu kelgusida davlat va yirik kompaniyalar uchun tashqi moliya resurslarini nisbatan qulay shartlarda jalb qilish imkoniyatini oshirishi mumkin. Shuningdek, reytingning yaxshilanishi mamlakatga investitsiya kiritishdagi xavflar pasaygani haqida xalqaro bozorlarga ijobiy signal beradi.
Shu bilan birga, Ba2 reytingi hali investitsion daraja hisoblanmaydi. Biroq u Ba3 ga nisbatan yuqoriroq bosqich bo‘lib, O‘zbekistonning kredit profili yaxshilanayotganini ko‘rsatadi.
Logotip agentstva Fitch Ratings - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
"Fitch" O‘zbekiston reytingi prognozini yaxshiladi — tashqi qarz arzonlashishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0