Soliq qo‘mitasi: yangi loyiha bank sirini bekor qilmaydi

© Sputnik / Baxrom XatamovGosudarstvenniy nalogoviy komitet.
Gosudarstvenniy nalogoviy komitet. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2026
Obuna bo‘lish
Soliq qo‘mitasi banklardan ma’lumot olish bo‘yicha vakolatlar amaldagi qonunchilikda allaqachon belgilanganini bildirib, yangi loyiha bu borada qo‘shimcha huquqlar bermasligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Soliq qo‘mitasi banklar tomonidan soliq organlariga axborot taqdim etish tartibi haqidagi qaror loyihasi yuzasidan rasmiy tushuntirish berdi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, ayrim nashrlarda hujjat asosan jismoniy shaxslarning omonatlari bilan bog‘liq tashabbus sifatida talqin qilinmoqda. Biroq bunday yondashuv loyihaning mazmunini to‘liq aks ettirmaydi.
Izohga ko‘ra, hujjat banklar va soliq organlari o‘rtasida axborot almashinuvining yagona qoidalarini belgilashga qaratilgan. Gap ma’lumotlarni taqdim etish tartibi, muddatlari, shakllari va elektron formati haqida bormoqda.
Soliq qo‘mitasi loyiha soliq organlariga yangi vakolatlar bermasligi, bank sirini bekor qilmasligi va fuqarolar hamda tadbirkorlarning hisobvaraqlariga erkin kirish imkoniyatini nazarda tutmasligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, soliq organlarining bank ma’lumotlarini olish bo‘yicha vakolatlari amaldagi Soliq kodeksi va "Bank siri to‘g‘risida"gi qonunda allaqachon belgilangan.
Shuningdek, qo‘mita olingan ma’lumotlar soliq siri hisoblanishi, ularni oshkor qilish yoki uchinchi shaxslarga berish qonun bilan taqiqlanganini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq muhokamaga qo‘yilgan qaror loyihasida banklar va soliq organlari o‘rtasidagi axborot almashinuvini avtomatlashtirish taklif etilgan edi.

Hujjatga ko‘ra, banklar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari hamda ayrim operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar “Bank-soliq” maxsus moduli orqali taqdim etilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, loyihada jismoniy shaxslar kartalariga bir oy davomida boshqa jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan yuqori mablag‘ kelib tushgan holatlar haqida ma’lumot berish taklif qilingan

KengaytirishYig‘ishtirish
Platejniy instrument dlya oplati tovarov i uslug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2026
Soliq qo‘mitasi kartadan kartaga tushgan ayrim mablag‘larni tekshirmoqda
Yangiliklar lentasi
0