Korrupsiya uchun sudlanganlar reyestrda turgan vaqtda davlat xizmatiga qabul qilinmaydi

© Depositphotos / PressmasterRuki na klaviature
Ruki na klaviature - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Obuna bo‘lish
Korrupsiya uchun sudlangan shaxslarga nisbatan elektron reyestr joriy etiladi. Reyestrdagi shaxslar sudlanganlik muddati davomida davlat xizmatiga qabul qilinmaydi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.
Ichki ishlar vazirligi sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin uch ish kuni ichida shaxs haqidagi ma’lumotlarni mazkur reyestrga kiritadi.
Reyestrdagi ma’lumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.
Elektron reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan qator cheklovlar joriy etiladi.
Jumladan, ular davlat xizmatiga qabul qilinmaydi, davlat mukofotlari bilan taqdirlanmaydi hamda saylanadigan yoki alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzod sifatida ko‘rsatilmaydi.
Shuningdek, bunday shaxslar davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari va idoralararo kollegial organlar a’zosi bo‘la olmaydi.
Bundan tashqari, ular ta’sis etgan va ustav kapitalida 50 foizdan ortiq ulushga egalik qiladigan korxonalar davlat xaridlari hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etolmaydi.
Qonunga ko‘ra, mazkur shaxslarga davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida ishlash ham taqiqlanadi.
Uchastnik yejegodnogo foruma Obshestvenniy transport 2022 v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2026
Davlat ishtiroki bor yirik loyihalar korrupsiya ekspertizasidan o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0