Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi

© AP Photo / Kamran JebreiliNeftanie tankeri proxodat cherez Ormuzskiy proliv. Arxivnoe foto
Neftanie tankeri proxodat cherez Ormuzskiy proliv. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2026
Obuna bo‘lish
Eron Isroilning Livanga hujumlari to‘xtamagani va AQSh memorandum shartini buzganiga javoban Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kemalar uchun yopdi.
TOShKENT, 20-iyun - Sputnik. Isroilning Livanga hujumlarini davom ettirishi va Qo‘shma Shtatlarning sulh tuzish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini buzganiga javoban — Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kemalar uchun yopdi. Bu haqda Qurolli Kuchlarining markaziy harbiy qo‘mondonligi Xatam al-Anabiya bayonot berdi.
“AQShning o‘z va’dalarini qo‘pol ravishda buzgani va urushni tugatish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumining birinchi bandini bajarmaganligi sababli, shuningdek, Isroilning Livan janubida sulhni buzishda davom etayotganiga javoban... Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilgani e’lon qilindi”, - deyiladi bayonotda.
Unda ta’kidlanishicha, agar Livanga qarshi tajovuz davom etsa, Tehron raqibini o‘z majburiyatlarini bajarishga majburlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘radi.
AQSh - Eron sulhi

28 fevralda boshlanib 40 kun davom etgan urushdan so‘ng, AQSh Eronning 10ta shartdan iborat tinchlik bitimini muzokaralar asosi sifatida qabul qilishini aytib, 8-apreldan ikki haftalik sulh e’lon qildi.

Lekin Isroil shu kunning o‘zida Livanga ommaviy avia hujumlar uyushtirdi. Eron bunga javoban Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana yopiq deb e’lon qildi.

AQSh va Eron delegatsiyalari orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natija bermadi. AQSh Eronga qo‘shimcha talablar qo‘ydi, Eron esa ularni qabul qilmadi.

Shundan so‘ng 13-aprel kuni Tramp Hormuz bo‘g‘ozining tashqi tomonidan o‘z harbiy kemalarini joylashtirib, Eron portlariga kirib-chiqayotgan kemalarni blokirovka qilishni e’lon qildi.

Bunga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopdi va keyingi aloqalardan bosh tortdi.

15 iyun kuni AQSh va Eron tinchlik sulhi bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olgani haqida e’lon qildi.

18 iyun kuni AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Uning muayan shartlari bajarilgan holda, 60 kun ichida tomonlar tinchlik sulhi imzolashi kerak.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0