Ukraina Moskva viloyatiga ommaviy dron hujumi uyushtirdi

© RIA NovostiRabota PVO.
Rabota PVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
Obuna bo‘lish
Yarim tundan hozirga qadar Moskva viloyati hududida 137ta Ukraina droni urib tushirildi. Ayrim dronlar nishonga yetib borgan.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Ukraina Moskva viloyatiga ommaviy dron hujumi uyushtirdi.

Moskva meri Sergey Sobanin ma’lum qilishicha, hujum paytida bir nechta dronlar Moskva neftni qayta ishlash zavodiga tekkan.
"Havo mudofaasi kuchlari katta hujumni qaytarishni davom ettirmoqda. Bir nechta dronlar Moskva neftni qayta ishlash zavodiga yetib borishga muvaffaq bo‘lishdi", deb yozgan u Max platformasida.
Rasmiylar hujumlar oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
Bundan tashqari, uchuvchisiz apparatlar parchalari Sadovod savdo markazi hududiga tushdi. U yerda kichik zararlar qayd etilgan va hech kim jarohat olmagan. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda.

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobovning so‘zlariga ko‘ra, Elektrostaldagi xususiy uyning tomiga dron parchalari tushib ketishi natijasida bir ayol jarohat olgan.
Jukovskiyda ham dron ko‘p qavatli uyga qulagan. Chexov va Pavlovskiy Posaddagi xususiy uylar ham shikastlangan, dushman dronlarining parchalari esa Krukovo qishlog‘idagi bir nechta dachalarga tushgan.
Fitnes markazi va Lyubersi sanoat zonasidagi obyekt ham shikastlangan. Belaya Dacha savdo markazining tomi yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.
Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida vaqtinchalik cheklovlar e’lon qilingan edi. Hozir cheklovlar bekor qilingan.

Ukraina Qurolli Kuchlarining terrorchi hujumlariga javoban Rossiya qo‘shinlari faqat harbiy obyektlar va Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga yuqori aniqlikdagi havo, dengiz va quruqlikdagi qurollar, shuningdek, dronlar bilan zarba bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0