Sizlarni diqqat bilan tinglashga tayyormiz — Prezident investorlarga

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupayet na zasedanii Soveta inostrannix investorov
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na zasedanii Soveta inostrannix investorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
Obuna bo‘lish
Prezident investorlarga: Investitsiya muhitini yanada yaxshilash uchun Hukumat nimalar qilishi kerak?
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda prezident investorlarga murojaat qilib o‘tgan yil davomida aniqlangan muammolarni hal qilishga tayyorligini aytib o‘tdi.
“Yil davomidagi tahlillaringiz asosida qanday muammolarni aniqladingiz? Investitsiya muhitini yanada yaxshilash uchun Hukumat nimalar qilishi kerak?
Sizlarni diqqat bilan tinglashga, har bir muammo va tavsiyani batafsil muhokama qilishga tayyormiz. Ishimizni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, ularni ochiq muloqot ruhida ko‘rib chiqamiz. Albatta, bugun ko‘tariladigan barcha masalalar umumlashtirilib, majlisimiz yakunlari bo‘yicha yagona “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi”, – dedi davlat rahbari.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupayet na zasedanii Soveta inostrannix investorov
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na zasedanii Soveta inostrannix investorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na zasedanii Soveta inostrannix investorov
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati Xorijiy investorlar kengashi ilgari surilgan 21 ta tashabbus bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilinganini aytib o‘tdi.
Soliq kodeksiga investorlar uchun qulay o‘zgartirishlar kiritildi: kompaniyalar o‘rtasidagi ichki qarz bitimlari moliya nazoratidan chiqarildi, asosiy vositalarnitezlashtirilgan tartibda amortizatsiya qilish huquqi berildi, xalqaro standartlar asosida hisobot yurituvchi xorijiy shirkatlar uchun ko‘plab majburiy talablar bekor qilindi.
“Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mas’uliyatli biznes yuritish standartlarini joriy etish hamda 16 ta texnik reglamentni xalqaro meyorlarga muvofiqlashtirish dasturi tayyorlandi.
O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va ko‘p millatli korxonalar to‘g‘risidagi Deklaratsiyasiga qo‘shilishi e’lon qilindi.
Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na zasedanii Soveta inostrannix investorov
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na zasedanii Soveta inostrannix investorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na zasedanii Soveta inostrannix investorov

Xorijiy investorlar kengashida bugun qabul qilinadigan tashabbuslar

Bugungi majlisga tayyorgarlik jarayonida 120 ta yangi taklif va tashabbus kelib tushdi. Ularning barchasi batafsil tahlil qilinib, yettita ustuvor yo‘nalishga birlashtirildi.
Bular investitsiya muhitini yaxshilash, soliq tizimi, kadastr, energetika, moliya va bank tizimi, korporativ boshqaruv, sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot masalalaridir.
Shuningdek, valyuta aylanmasidagi monitoring jarayonlarini yengillashtirish, islomiy sug‘urta, "yashil" kredit, bank aktivlari bozorini yo‘lga qo‘yish kabi yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy qilish, korxonalarda atrof-muhit, ijtimoiy mas’uliyat va samarali boshqaruvni o‘z ichiga olgan ESG tamoyillarini qo‘llashni rag‘batlantirish.
Shu bois, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar belgilanib, aniq yechimlar ishlab chiqilishi qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Soveta inostrannix investorov
Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Soveta inostrannix investorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Soveta inostrannix investorov
Ushbu dolzarb vazifani o‘z zimmasiga olgan ishchi guruhlar hamraislari – “Vision Invest”, “BDO”, “Crowe”, “OTP Group”, “Franklin Templeton”, “Ernst & Young”, “Costa Legal” va “ACWA” kompaniyalari rahbarlariga minnatdorlik bildirildi.
Prezident kengash a’zolari soni o‘tgan bir yil davomida 54 ta kompaniyadan 85 taga yetganini va ular iqtisodiyotning 23 ta tarmog‘ini qamrab olganini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0