O‘zbekiston Chexiyadan 10ta elektropoyezd sotib oladi

© AO "Uzbekiston temir yullari" AO "Uzbekiston temir yullari" i Škoda Transportation dogovorilis o postavke 10 elektropoyezdov
AO Uzbekiston temir yullari i Škoda Transportation dogovorilis o postavke 10 elektropoyezdov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
Obuna bo‘lish
Shahar atrofida qatnovchi elektropoyezdlar zamonaviy boshqaruv tizimi va konditsioner bilan jihozlangan bo‘ladi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekiston temir yo‘llari Chexiya bilan 10 ta elektropoyezd yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Shartnoma Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida shahar atrofi tashuvlari operatori "Shahar Atrofida Yo‘lovchi Tashish" MChJ ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ) va Chexiyaning Škoda Transportation kompaniyasi o‘rtasida imzolandi.
Yetkazib berilayotgan elektropoyezdlar yo‘lovchi tashish sifati va qulayligini oshirish va energiya samaradorligini yaxshilash imkonini beradi. Yangi harakatlanuvchi tarkib zamonaviy boshqaruv tizimi va konditsioner tizimlari bilan jihozlangan bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekistonda ushbu elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etiladi. Bu mamlakat ichida poyezdlarning tezkor xizmat ko‘rsatishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy temir yo‘l tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0