Saida Mirziyoyeva: giyohvandlikka qarshi kurash masalasini shaxsan nazoratga oldim

© Telegram/Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2026
Obuna bo‘lish
Prezident administratsiyasi rahbari ota-onalarga murojaat qilib, ularni narkojinoyatchilikka qarshi kurashdan chetda turmaslikka chaqirdi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva giyohvandlikka qarshi kurashda chetda turishga hech kimning haqqi yo‘qligini aytib, bu masalani shaxsan nazoratga olganini ma’lum qildi.
Mirziyoyeva prezident imzolagan qonun bilan yashirin narkolaboratoriya yoki bangixona tashkil etish, narkojinoyatlarga homiylik qilish, narkotiklarni transmilliy usulda yoki internet yordamida tarqatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganini qayd etdi.
“Endi bu kabi jinoyatlarga qo‘l urgan fuqarolarga 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi. Uyushgan narkojinoyatchilik uchun jazo choralari qariyb ikki baravar og‘irlashtirildi. Oldin narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslar qisqa vaqtlarda ozodlikka chiqib, o‘z jinoiy qilmishlarini davom ettirib yuravergan. Endi bunday bo‘lmaydi. Yangi qonunga ko‘ra, narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslar muddatidan oldin ozodlikka chiqarilmaydi. Ya’ni ular jazoni to‘liq o‘taydi”, - dedi u.
Mirziyoyeva voyaga yetmaganlarni giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishga jalb etish endilikda og‘ir jinoyat sifatida malakalanishi va buning uchun 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilganini ham ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim muassasalari, maktablar, talabalar yotoqxonalari va bolalar oromgohlarida voyaga yetmaganlarni narkojinoyatlarga jalb qilgan shaxslar 10-yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
"Bu hujjat faqat jinoyatchilarni jazolash uchun emas, balki xalqimiz salomatligi va genofondini himoya qilish, yoshlarimizni fojiali yo‘ldan asrab qolishga qaratilgan qonundir", — deya ta’kidladi Prezident administratsiyasi rahbari.
Mirziyoyeva ota-onalarga murojaat qilib, ularni narkojinoyatchilikka qarshi kurashdan chetda turmaslikka chaqirdi.
“Hurmatli ota-onalar, ko‘rib turganingizdek, davlat narkojinoyatlarga qarshi qaqshatqich kurash e’lon qildi. Bugun Prezident administratsiyasi qoshida narkotiklarga qarshi respublika maxsus ishchi guruhi faol ishlayapti. Narkolaboratoriyalar, uyushgan narkojinoiy guruhlar yo‘q qilinmoqda. Lekin ushbu kurash sizning yordamingizsiz bo‘lmaydi. Fursatdan foydalanib, har biringizni farzandlaringiz hayotiga befarq bo‘lmaslikka, ushbu kurashda davlatga yordamchi va tayanch bo‘lishga chaqirib qolaman. Zero, bolalarimiz kelajagi bu millatimiz kelajagidir”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
Naruchniki visat na dvernoy ruchke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2026
Ayrim narkojinoyatlar uchun alohida javobgarlik belgilandi
Yangiliklar lentasi
0