Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Qasos hujumi: Rossiya harbiylari Ukraina harbiy nishonlariga zarba berdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRabota raketnogo kompleksa "Iskander" po selyam VSU
Rabota raketnogo kompleksa Iskander po selyam VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2026
Obuna bo‘lish
Hujum Kiyev rejimining teraktlariga javoban uyushtirilgan, Ukrainaning mudofaa-sanoat majmuasi obyektlariga yoppasiga zarba berilgan.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya harbiylari yuqori aniqlikdagi qurol bilan Kiyev, Xarkov va Dnepropetrovskdagi Ukrainaning mudofaa-sanoat majmuasi obyektlariga yoppasiga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hujum Kiyev rejimining teraktlariga javoban uyushtirilgan.
Vazirlik o‘tgan tunda qasos zarbasi berilgan nishonlar ro‘yxatini e’lon qildi:
"Radar Kiyev zavodi” AJ – uzoq masofaga uchuvchi dron ishlab chiqarish va u uchun butlovachi qismlarini ishlab chiqarish, harbiy maqsadlarda qo‘llanuvchi radiolokatsiya tizimlarini ishlab chiqarish va ta’mirlash.
“Uchuvchisiz uchish texnologiyalari” MChJ – yirik uchuvchisiz uchish qurilmalarini yig‘ish.
“Mayoq zavodi” AJ – uchuvchisiz uchush qurilmalari uchun jangovar qismlar va “Flamingo” raketalari uchun kuchaytiruvchilar.
A.P. Dovjenko nomidagi kinostudiya – uchuvchisiz uchish qurilmalarini tayyorlash va sozlash.
“Burevestnik” Kiyev davlat zavodi” – uzoq va o‘rta yaqin masofaga parvoz qiluvchi uchuvchisiz uchish qurilmalari hamda Ukraina Qurolli kuchlari uchun radiolokatsiya texnikasi.
“Ukr Armo Tex” MChJ – uchuvchisiz uchish qurilmalari va turli turdagi raketalar uchun jangovar qismlar ishlab chiqarish.
“Kiyev agregat zavodi” va “410-son fuqarolik aviatsiyasi Aviata’mirlash zavodi” – aviatsiya turba reaktiv dvigatellari hamda uchuvchisiz uchish qurilmalari uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish.
“Yangi pochta” Kiyev innovatsion terminali” – ikki tomonlama maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni yetkazib berish va saqlash.
“Dneprovsk elektromexanika uskunalari zavodi”, Xarkov shahridagi Grinxaus Solyushn" va "DT-1 grupp" MChJ sanoat korxonalari – uchuvchisiz uchish qurilmalari va turli turdagi raketalar uchun jangovar qismlar ishlab chiqarish.
Shuningdek, aerodromi Vasilkov, Uman, Cherkassi va Krasnaya Slobodka harbiy aerodromlariga zarba berilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi barcha nishonlar yakson qilinganini ma’lum qildi va rossiyalik harbiylar Ukrainaning fuqarolik obyektlariga zarba berishni rejalashtirmaganini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0