Intiqib kutilgan: Samarqandda Rossiya Katta teatrining opera truppasi konsert berdi
11:23 12.06.2026 (yangilandi: 11:38 12.06.2026)

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Dunyoning yetakchi musiqali teatrlaridan birining chiqishi shahar madaniy hayotida muhim voqea bo‘lib, afsonaviy maydonda ko‘plab tomoshabinlarni jamladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Samarqand aholisi va shahar mehmonlari uchun Rossiyada xizmat ko‘rsatgan, xalq artistlari, mashhur qo‘shiqchilar va sozandalar gala-konsert berdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

V Samarkande vistupila opernaya truppa Bolshogo teatra Rossii
© Sputnik / korrespondent Sputnik
Tomoshabinlarni Katta teatrning (Bolshoy teatr) yetakchi solistlari o‘z san’atlari bilan xushnud qilishdi: Dinara Aliyeva, Anna Aglatova (soprano), Agunda Kulayeva (messo-soprano), Oleg Dolgov (tenor), Konstantin Shushakov (bariton) va Vladislav Popov (bas). Eng asosiysi — butun konsert davomida dunyoga mashhur maestro Valeriy Gergiyev dirijorlik qildi.
“Samarqandga yo‘l olayotib, tomoshabinlar ajoyib va buyuk klassikani kutayotganidan kelib chiqdik, shu bois repertuarni sinchkovlik bilan saralab oldik. Bizning dasturimizda – fransuz, avstriya-nemis, italyan va, albatta, rus mualliflari. Dastur g‘oyat boy. Konsertimiz o‘tgan maydonni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Registon kishini o‘ziga afsun aylaydi, ilhomlantiradi va ruhan boyitadi”, - dedi Rossiya Katta teatrining bosh dirijori Valeriy Gergiyev.
Registonning improvizatsiya qilingan sahnasidan rus va jahon opera klassiklari ariyalari, sahnalar ko‘rinishlari va simfonik parchalari yangradi.
Bu yerda Mixail Glinka, Port Chaykovskiy, Nikolay Rimskiy-Korsakov, Djoakkino Rossini, Djuzeppe Verdi, Djakomo Puchchini, Frans Legar, Sharl Guno, Imre Kalman va Jorj Bizening asarlari namoyish etildi.
Chiqish paytidagi o‘z hissiyotlari bilan Rossiya davlat akademik katta teatri opera qo‘shiqchisi Dinara Aliyeva ham o‘rtoqlashdi.
“Meni his-tuyg‘ular chulg‘ab oldi, chunki Registonda misli ko‘rilmagan kuch va kuchli jo‘shqinlik his etiladi. Bizga, artistlarga esa, bu hamisha g‘oyat muhim. Bunday maydondagi konsert, shubhasiz, nafaqat tomoshabinlar, balki biz, ijrochilar uchun ham muhim bo‘ldi. Samarqandda men Iolanta ariyasini ijro etdim, tenor Oleg Dolgov bilan duet kuyladim. Va albatta, Silva partiyasi va “Taqdir kuchi” operasidan Leonora ariyasi yangradi”, - dedi u.
2,5 ming nafarga yaqin tomoshabinni jamlagan Katta teatr gala-konserti uch blokka ajratildi: rus, xorijiy opera va simfoniya musiqasi durdonalari
Kecha opera truppasining kutilmagan, noodatiy chiqishi bilan yakunlandi. Ular mashhur “Podmoskovnie vechera” qo‘shig‘ini samarqandcha uyg‘unlik bilan kuylashdi.
“Bu ajoyib tarixiy shahardaligimdan baxtiyorman. Xotiramda Samarqand tarixini yangiladim, Aytgancha, haqiqatga mos keluvchi Vereshagin suratlarini yodga oldim. Bu yerda men ichki uyg‘unlik va ruhiy osoyishtalikni his etdim. Go‘yoki bari o‘z o‘rniga tushganday”, - deya ta’kidladi Katta teatr solisti Agunda Kulayeva.
Konsert Rossiya Katta teatrining 250-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro dasturning bir qismi hisoblanadi. Ushbu kecha Samarqandning boy tarixiy meros va jahon san’atini birlashtirgan yirik xalqaro madaniy tadbirlar maydoni sifatidagi alohida rolini yana bir bor ta’kidladi.
