https://oz.sputniknews.uz/20260612/samarqand-58302065.html
Samarqand viloyatida rus tilidan test topshirish markazi ochiladi
Samarqand viloyatida rus tilidan test topshirish markazi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi Sank-Peterburgda migrantlarga oid qator kelishuvlarga erishdi. 12.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-12T15:49+0500
2026-06-12T15:49+0500
2026-06-12T15:49+0500
migrantlar
migratsiya
o‘zbekiston
rossiya
sankt-peterburg
rus tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/19/15479212_0:160:3076:1890_1920x0_80_0_0_6915111c39441b23f9563e23adcf9893.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatida rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish markazi ochiladi. Tegishli kelishuvga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasida erishildi.Ta’kidlanishicha, “Bronka Grupp” va “Yujniy” migratsiya markazlari rahbariyati O‘zbekiston bilan tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, kadrlar tayyorlash hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini takomillashtirish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdi.Muzokaralar yakunlari bo‘yicha markazlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda Sankt-Peterburg shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda vatandoshlarga axborot ko‘magini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati inson huquqlari hamda bola huquqlari bo‘yicha vakillari, shuningdek, Xalqaro advokatlar kollegiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va tezkor hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga oid kelishuvlarga erishildi.Tashrif doirasida delegatsiya Leningrad viloyati Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida ham bo‘lib, u yerda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.Muassasa rahbariyati bilan zarur hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish va fuqarolarning Vatanga tezroq qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olindi.TIV O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va ularga konsullik ko‘magini ko‘rsatish masalalari mamlakat bosh konsulxonasi doimiy nazoratida ekanini qo‘shimcha qildi.Eslatamiz, hozir tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga ketayotganlar Toshkentda rus tilidan imtihon topshirib, sertifikat olishlari mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260404/patent-uchun-sertifikat-toshkentda-rus-tilidan-imtihonni-qaerda-topshirish-mumkin-56713140.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/19/15479212_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_5a69815ea3a9fb3d80b650c26f36d345.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migrantlar, migratsiya, o‘zbekiston, rossiya, sankt-peterburg, rus tili
migrantlar, migratsiya, o‘zbekiston, rossiya, sankt-peterburg, rus tili
Samarqand viloyatida rus tilidan test topshirish markazi ochiladi
O‘zbekiston delegatsiyasi Sank-Peterburgda migrantlarga oid qator kelishuvlarga erishdi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatida rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish markazi ochiladi. Tegishli kelishuvga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasida erishildi.
“Tashrifning muhim natijalaridan biri sifatida Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assosiatsiyasi bilan Samarqand viloyatida rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish markazini ochish haqida kelishuvga erishildi”, - deyiladi TIV
xabarida.Ta’kidlanishicha, “Bronka Grupp” va “Yujniy” migratsiya markazlari rahbariyati O‘zbekiston bilan tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, kadrlar tayyorlash hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini takomillashtirish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha markazlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda Sankt-Peterburg shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda vatandoshlarga axborot ko‘magini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati inson huquqlari hamda bola huquqlari bo‘yicha vakillari, shuningdek, Xalqaro advokatlar kollegiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va tezkor hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga oid kelishuvlarga erishildi.
Tashrif doirasida delegatsiya Leningrad viloyati Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida ham bo‘lib, u yerda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Muassasa rahbariyati bilan zarur hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish va fuqarolarning Vatanga tezroq qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olindi.
TIV O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va ularga konsullik ko‘magini ko‘rsatish masalalari mamlakat bosh konsulxonasi doimiy nazoratida ekanini qo‘shimcha qildi.
Eslatamiz, hozir tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga ketayotganlar Toshkentda rus tilidan imtihon topshirib, sertifikat
olishlari mumkin.