https://oz.sputniknews.uz/20260612/ozbekiston-jazoir-58294893.html
O‘zbekiston va Jazoir diplomatik pasport egalari uchun vizani bekor qiladi
O‘zbekiston va Jazoir diplomatik pasport egalari uchun vizani bekor qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Jazoir hukumatlari o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
2026-06-12T12:16+0500
2026-06-12T12:16+0500
2026-06-12T12:16+0500
siyosat
baxtiyor saidov
jazoir
viza
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0c/58289711_0:227:2385:1569_1920x0_80_0_0_07cb8301732c6966f93d0495b1ade0a5.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Jazoir hukumatlari o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.Saidov Al-Jazoir shahrida jazoirlik hamkasbi Ahmad Attaf bilan muzokaralar o‘tkazdi.Tor va keng doirada bo‘lib o‘tgan suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildi.Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjatlarni imzolandi, jumladan:“Imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, diplomatik aloqalarni kengaytirish va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi”, - deya ishonch bildirdi Saidov.
https://oz.sputniknews.uz/20241213/tanzila-narbaeva-jazoir-elchisi-uchrashuv-47074320.html
jazoir
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0c/58289711_0:92:2152:1706_1920x0_80_0_0_db026522ef0f7b6adecc60d59e25fc71.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, baxtiyor saidov, jazoir, viza
siyosat, baxtiyor saidov, jazoir, viza
O‘zbekiston va Jazoir diplomatik pasport egalari uchun vizani bekor qiladi
O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasida tegishli bitim imzolandi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Jazoir hukumatlari o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov
ma’lum qildi. Saidov Al-Jazoir shahrida jazoirlik hamkasbi Ahmad Attaf bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tor va keng doirada bo‘lib o‘tgan suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildi.
“Jazoirni Afrika qit’asidagi muhim va istiqbolli sherik sifatida qadrlaymiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasida hali to‘liq ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjud. Biz tarixiy do‘stlikni amaliy sheriklik bilan boyitish, oliy va yuqori darajadagi muloqotlarni muntazam yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni kengaytirish tarafdorimiz”, - deya yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjatlarni imzolandi, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya hamda Jazoir Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik va xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi;
“Imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, diplomatik aloqalarni kengaytirish va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi”, - deya ishonch bildirdi Saidov.