Eron AQSh bilan tinchlik bitimi bandlarini ochiqladi
15:11 12.06.2026 (yangilandi: 15:54 12.06.2026)

© AP Photo / Ryan Murphy
Obuna bo‘lish
Kelishuv loyihasi urushni zudlik bilan tugatish, AQSh qo‘shinlarini olib chiqish, Eron ishlariga aralashmaslik, dengiz qamalini bekor qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv memorandumi loyihasi e’lon qilindi.
Eronning “Mehr” agentligi xabariga ko‘ra, hujjat 14 ta banddan iborat.
Loyiha, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Eronning “Mehr” agentligi xabariga ko‘ra, hujjat 14 ta banddan iborat.
Loyiha, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Barcha frontlarda, jumladan, Livanda harbiy harakatlar zudlik bilan va to‘liq to‘xtatiladi;
AQSh Eron suverenitetini hurmat qiladi va ichki ishlariga aralashmaydi;
30 kun ichida dengiz qamali to‘liq bekor qilinadi;
AQSh qo‘shinlari Eron bilan chegaradosh hududlardan olib chiqiladi;
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi 30 kun ichida Eron shartlari asosida qayta ochiladi;
Eron nefti va neft-kimyo mahsulotlariga kiritilgan sanksiyalar bekor qilinadi;
AQSh va ittifoqchilar Eronni tiklash uchun kamida 300 mlrd dollarlik dastur taqdim etadi;
Eron o‘z navbatida Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma doirasida yadro quroli ishlab chiqarmaslik majburiyatini tasdiqlaydi;
Muzokaralar boshlanganidan so‘ng AQSh muzlatilgan aktivlarning 12 mlrd dollarni qaytaradi;
Muzokaralar davomida yangi sanksiyalar joriy etilmaydi;
Yakuniy kelishuv BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlanadi.
60 kun ichida tomonlar yadro masalasi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib boradi.
11 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron urushni tugatish to‘g‘risida kelishib olgani va faqat shartnomani imzolash qolganini ma’lum qildi.
“Tez orada imzolaymiz. Hujjatlar yakuniy tayyorgarlik bosqichida”, - dedi u.
Shuningdek, Oq uy rahbari kelishuv imzolanishi shu hafta oxirida sodir bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Keyinchalik Eron TIV vakili Ismoil Baqoiy AQSh bilan tinchlik shartnomasi matni ustida ish asosiy bandlar bo‘yicha deyarli yakunlanganini aytdi.
