TXIF-2026 da qariyb 3,1 ming nafar xorijiy mehmon qatnashishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTashkentskiy mejdunarodniy investitsionniy forum
Tashkentskiy mejdunarodniy investitsionniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Obuna bo‘lish
Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi 16-18 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga navbatdagi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga (TXIF) tayyorgarlik yuzasidan axborot berildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2022-yilda ilk bor o‘tkazilgan forumda 56 ta mamlakatdan 1 mingdan ziyod xorijiy mehmon ishtirok etgan edi.
“Bu yil 16-18 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida 99 ta mamlakatdan jami 8 mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, qariyb 3,1 ming nafar xorijiy mehmon qatnashishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Tadbirga taklif etilganlar orasida xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlari va vakillari, nufuzli xalqaro moliya institutlari, yirik kompaniyalar, investitsiya jamg‘armalari va ishbilarmon doiralar rahbarlari bor.
Taqdimotda forum va uning doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi haqida ma’lumot berildi. Xususan, yalpi majlis, ikki tomonlama uchrashuvlar, tarmoq va hududlar taqdimotlari, investitsiya kelishuvlarini imzolash marosimlari hamda ishbilarmonlar muloqotlari o‘tkaziladi.
O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini namoyish etish ko‘rgazmasida qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, geologiya, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, kimyo sanoati, energetika, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari tarmoqlarining imkoniyatlari taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Forum doirasida Mirziyoyev huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisi ham bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilgi forumda ham investitsiya kelishuvlarining yirik to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
Ishlab chiqilayotgan kelishuvlar kimyo sanoati, geologiya va metallurgiya, yengil sanoat, elektrotexnika va mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari, energetika va ekologiya, raqamli texnologiyalar, qurilish va infratuzilma, bank-moliya, transport-logistika, turizm hamda ta’lim kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur loyihalarning amalga oshirilishi yangi ish o‘rinlari yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Davlati rahbari forumni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish, har bir tarmoq va hududning investitsiyaviy salohiyatini aniq loyihalar orqali namoyon etish muhimligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Mirziyoyev xorijiy investorlarni O‘zbekistonda yangi sanoat zanjirlarini yaratishga chorladi
Yangiliklar lentasi
0