Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya YeOII mamlakatlariga rekord darajada agrosanoat majmui mahsulotlarini yetkazib berdi

© Sputnik / Igor AgeyenkoPshenichnoe pole
Pshenichnoe pole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Obuna bo‘lish
Don ekinlari, sut va go‘sht mahsulotlari yetkazib berishning o‘sishini ta’minladi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. 2026 yilning birinchi choragida Rossiya agrosanoat majmui mahsulotlarini Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
“Agroeksport” federal markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berish qiymati 2,3 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 3,6 mln tonnani tashkil etdi. Bu 2025-yilning shu davridagi ko‘rsatkichlariga nisbatan mos ravishda 28 foiz va 22 foizga yuqori.
Joriy yilning birinchi choragida asosiy xaridorlar Qozog‘iston (2,3 mln tonnadan ziyod), Belarus (taxminan 890 ming tonna), Qirg‘iziston (220 ming tonnadan ortiq), Armaniston (90 ming tonnadan ko‘proq) bo‘ldi.
Don ekinlari, sut va go‘sht mahsulotlari yetkazib berishning o‘sishini ta’minladi. Makkajo‘xori jo‘natmasi 18,6 baravar — 6,4 ming tonnadan 119 ming tonnagacha, bug‘doy — 3,2 baravar, 260 ming tonnadan 820 ming tonnagacha ko‘paydi.
Arpa yetkazib berish 40 foizga, suli 25 baravar, marjumak (grechixa) 11 baravar, javdar 1,7 baravar oshdi. Sut mahsulotlarida sut va qaymoq tufayli o‘sish kuzatilmoqda.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Ovoshi na Sentralnom rinke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
O‘zbekiston va Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror yetkazib berishni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0