O‘zbekistonda bond omborlari qachondan ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRabota pochtovogo tamojennogo posta
Rabota pochtovogo tamojennogo posta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2026
Obuna bo‘lish
Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kiriladi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. 2026 yil 1-iyuldan O‘zbekistonda bond omborlari ishga tushadi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.
“Endi ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirilib, marketpleyslar orqali sotib olinganidan keyingina rasmiylashtiriladi”, - deya yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Tangriyevning qo‘shimcha qilishicha, iyun oxirida Bojxona qo‘mitasi mas’ullari ishtirokida shu mavzuda jonli muloqot o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavakat Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida so‘zlagan nutqida Rossiya marketpleyslari va raqamli servislari orqali mamlakat mahsulotlari savdosi hajmi so‘nggi bir necha yilda 3,5 baravar o‘sib, 1,5 mlrd dollardan oshganini ma’lum qilgan edi.
Aprelda esa Mirziyoyev elektron tijoratni rivojlantirish va bond omborlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishgan edi.
Bond omborlari – jismoniy shaxslarga shaxsiy ehtiyojlari uchun sotiladigan import tovarlarni vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan. U yerdagi tovarlar faqat marketpleyslar orqali sotiladi. Bojxonada deklaratsiya qilish va boj to‘lovlarini to‘lash bevosita sotuv bosqichida amalga oshiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy, napravlennix na razvitie elektronnoy kommersii i nalajivanie deyatelnosti bondovix skladov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
Bojxona to‘lovlari va soliqlarni kechiktirish imkonini beruvchi bond omborlari joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0