https://oz.sputniknews.uz/20260607/usa-iran-aktivlar-fors-korfaz-kompensatsiya-58175343.html
AQSh Eron aktivlarini Fors ko‘rfazi davlatlariga kompensatsiya sifatida yo‘naltirmoqchi
AQSh Eron aktivlarini Fors ko‘rfazi davlatlariga kompensatsiya sifatida yo‘naltirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eron aktivlarini Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilariga yetkazilgan zararni qoplash uchun ishlatishni ko‘rib chiqmoqda. Bu qaror Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarni yanada qiyinlashtirishi mumkin.
2026-06-07T11:24+0500
2026-06-07T11:24+0500
2026-06-07T11:24+0500
dunyo yangiliklari
aqsh – eron mojarosi
kuvayt
bahrayn
neft
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36535624_265:0:3906:2048_1920x0_80_0_0_dbb2fd987f166d5ef8b230ff478f7975.jpg
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. AQSh hukumati Eron aktivlarini Fors ko‘rfazidagi ittifoqchi davlatlarga yetkazilgan zararni qoplash uchun yo‘naltirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Reuters o‘z manbalariga tayanib.Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington ushbu mablag‘larni Eron tomonidan yetkazilgan zarardan keyin qayta tiklash va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun ishlatishni rejalashtirmoqda. AQSh moliya vaziri Skott Bessent tegishli guruhga Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilarga yetkazilgan zarar miqdorini baholash bo‘yicha topshiriq bergan.Reuters manbasiga ko‘ra, AQSh nafaqat kelajakdagi ehtimoliy zararlar, balki avval yetkazilgan talafotlarni qoplash uchun ham Eron aktivlaridan foydalanish variantini ko‘rib chiqadi. Manba qaysi aktivlar nazarda tutilayotganiga aniqlik kiritmagan. Agentlik ta’kidlashicha, bu gap faqat muzlatilgan aktivlar bilan cheklanmasligi mumkin.Shu bois Vashingtonning yangi rejasi muzokaralarda yana bir keskin nuqtaga aylanishi mumkin. Chunki Tehron ushbu mablag‘larni qaytarishni talab qilmoqda, AQSh esa ularni mintaqadagi ittifoqchilar zararini qoplash uchun ishlatish imkoniyatini ko‘rib chiqapti.Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Eron Kuvayt va Bahrayndagi AQSh bazalariga zarbalar berganini bildirgan, AQSh harbiylari esa bir nechta raketalar ushlab qolinganini ma’lum qilgan. Mojaro Fors ko‘rfazi va Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda. Reuters qayd etishicha, urush neft narxlarining oshishiga va ta’minot zanjirlarida uzilishlarga sabab bo‘lgan. Hurmuz bo‘g‘ozi esa mojarodan avval jahon neft tashuvlarining taxminan beshdan bir qismi o‘tadigan muhim yo‘lak hisoblangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260603/usa-iran-keskinlik-kuchayish-58047399.html
kuvayt
bahrayn
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36535624_1175:0:3906:2048_1920x0_80_0_0_5e3f4c21b15da924e298e6c33c704c77.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, kuvayt, bahrayn, neft
dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, kuvayt, bahrayn, neft
AQSh Eron aktivlarini Fors ko‘rfazi davlatlariga kompensatsiya sifatida yo‘naltirmoqchi
Vashington Tehron uchun muhim muzokara mavzusi bo‘lgan mablag‘larni mintaqadagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash vositasiga aylantirmoqchi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. AQSh hukumati Eron aktivlarini Fors ko‘rfazidagi ittifoqchi davlatlarga yetkazilgan zararni qoplash uchun yo‘naltirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb
xabar berdi Reuters o‘z manbalariga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington ushbu mablag‘larni Eron tomonidan yetkazilgan zarardan keyin qayta tiklash va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun ishlatishni rejalashtirmoqda. AQSh moliya vaziri Skott Bessent tegishli guruhga Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilarga yetkazilgan zarar miqdorini baholash bo‘yicha topshiriq bergan.
Reuters manbasiga ko‘ra, AQSh nafaqat kelajakdagi ehtimoliy zararlar, balki avval yetkazilgan talafotlarni qoplash uchun ham Eron aktivlaridan foydalanish variantini ko‘rib chiqadi. Manba qaysi aktivlar nazarda tutilayotganiga aniqlik kiritmagan. Agentlik ta’kidlashicha, bu gap faqat muzlatilgan aktivlar bilan cheklanmasligi mumkin.
Bu xabar AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar murakkab davrda davom etayotgan bir vaqtda paydo bo‘ldi. Reuters yozishicha, Eron oliy rahbari maslahatchisi Muhsin Rizoiy avvalroq tinchlik kelishuvi AQSh tomonidan muzlatilgan 24 milliard dollarlik Eron aktivlarini qaytarish masalasiga bog‘liqligini bildirgan.
Shu bois Vashingtonning yangi rejasi muzokaralarda yana bir keskin nuqtaga aylanishi mumkin. Chunki Tehron ushbu mablag‘larni qaytarishni talab qilmoqda, AQSh esa ularni mintaqadagi ittifoqchilar zararini qoplash uchun ishlatish imkoniyatini ko‘rib chiqapti.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Eron Kuvayt va Bahrayndagi AQSh bazalariga zarbalar berganini bildirgan, AQSh harbiylari esa bir nechta raketalar ushlab qolinganini ma’lum qilgan.
Mojaro Fors ko‘rfazi va Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda. Reuters qayd etishicha, urush neft narxlarining oshishiga va ta’minot zanjirlarida uzilishlarga sabab bo‘lgan. Hurmuz bo‘g‘ozi esa mojarodan avval jahon neft tashuvlarining taxminan beshdan bir qismi o‘tadigan muhim yo‘lak hisoblangan.