YeOIIda "adolatli rouming" tariflari 2028-yildan ishga tushadi — vazir

© Foto : Sputnik BelarusMaksim Yermolovich
Maksim Yermolovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya va Belarus orasida rouming tariflarini allaqachon 90%ga pasaytirishga erishilgan.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi YeOII telekommunikatsiya operatorlari bilan birgalikda 2028-yilga kelib a’zo davlatlar ichida roumingda ovozli xizmatlar uchun adolatli tariflarni joriy etish ustida ishlamoqda.

Bu haqda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi.
Bu ishda YeIK Rossiya va Belarus orasida ishga tushgan adolatli rouming tarflari tajribasiga tayanmoqda. Ayni damda Belarus va Rossiya mobil operatorlari, 2020-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, Ittifoq davlati ichidagi abonentlari uchun rouming tariflarini 90% gacha pasaytirdilar.
"Ittifoq davlati tajribasi bu sohadagi hamkorlikning yaxshi namunasi va yorqin natijasidir. Biz buni butun Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga tatbiq etishga intilamiz", deb ta’kidladi Maksim Yermolovich.
Komissiya hozirda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi davlatlari bilan birgalikda rouming qo‘ng‘iroqlari uchun xalqaro o‘zaro bog‘lanish tariflarini va operatorlararo rouming tariflarini ishlab chiqmoqda. Bu ish "ichki" tariflarga iloji boricha yaqinroq bo‘lgan tariflarni belgilashga olib kelishi kerak.

O‘tgan yilning aprel oyida RIA Novostiga bergan intervyusida Maksim Yermolovich YeOII doirasida mobil aloqa rouming xizmatlari uchun yagona "adolatli tarif"ni joriy etish bo‘yicha ishlar "og‘ir ketayotganini" va aniq natijalar haqida gapirishga hali erta ekanini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0