Mirziyoyev xorijiy investorlarni O‘zbekistonda yangi sanoat zanjirlarini yaratishga chorladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Obuna bo‘lish
Prezident energetika, ta’lim, geologiya va boshqa qator tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalarda ham hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida investorlariga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishda hamkorlikni taklif qildi.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhiti shakllantirilmoqda, bozor institutlari takomillashtirilmoqda, raqobat darajasi va ishlab chiqarish salohiyati ortib bormoqda.
Davlat rahbari forum ishtirokchilarini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega yangi sanoat zanjirlarini yaratish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etishga chaqirdi.
“Kompetensiyalar, ishlab chiqarish va ishlanmalarni chuqur mahalliylashtirish, shuningdek, zamonaviy injiniring hamda yangi eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish bizning ustuvor vazifamizdir”, — dedi prezident.
Uning ta’kidlashicha, bu ayniqsa sanoat usulida qayta ishlash, agrotexnologiyalar, biokimyo, robototexnika, raqamli yechimlar va sun’iy intellekt kabi yangi iqtisodiyot shakllanayotgan sohalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Mirziyoyev energetika, aviatsiya, ta’lim, geologiya va boshqa qator tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalarda ham hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
O‘zbekiston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hamkorlarga nafaqat o‘sib borayotgan ichki bozorni, balki qo‘shni davlatlar va mintaqalar bozorlariga chiqish imkoniyatini ham taklif etmoqda.
"Manfaatdor sheriklarimizga nafaqat o‘sib borayotgan ichki bozorimiz, balki qo‘shni mamlakatlar va mintaqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatini ham taklif etamiz", — dedi prezident.
3-6 iyun kunlari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning yalpi majlisida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda va nutq so‘zlamoqda.
PXIF-2026 da dunyoning 130 ta mamlakatidan 20 mingdan ziyod ishtirok qatnashmoqda. Bu yil forumning mehmon mamlakati Saudiya Arabistoni bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0