Madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalari qo‘llab-quvvatlanadi – tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Uy-joyga muhtoj soha vakillariga imtiyozli ipoteka krediti beriladi, ular sanatoriylarda bepul davolanishi mumkin.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Uy-joyga muhtoj soha vakillariga imtiyozli ipoteka krediti beriladi
2026 yil 1-iyuldan har yili 1000 nafar uy-joyga muhtoj madaniyat, san’at va ijodiy soha vakillariga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun quyidagi tartibda ipoteka kreditlarini ajratish yo‘lga qo‘yiladi,.
Bunda:
ipoteka kreditlari ajratishda boshlang‘ich to‘lov kredit oluvchi tomonidan Farmonda belgilangan miqdorlarda shakllantiriladi, bunda boshlang‘ich to‘lovning 50 foizi hamda kredit muddatining birinchi 5 yili davomida to‘lanadigan foizlarning 10 foizdan oshgan qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi;

boshlang‘ich to‘lovning 50 foizini qoplab berish “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimi orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan va ushbu hududda o‘z uy-joyiga ega bo‘lmagan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi to‘lovlarining bir qismini quyidagi miqdorlarda qoplab berish tartibi joriy etiladi:
- Toshkent shahrida – BHMning 6 baravari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda –BHMning 4 baravari.

Har yili 1000 nafargacha soha vakillari sanatoriylarda bepul davolanishi mumkin bo‘ladi
2026 yil 1-iyuldan ijodiy birlashmalarning tavsiyasi asosida Davlat budjeti hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi:
- har yili 1 ming nafargacha Davlat budjeti hisobidan davolanish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lmagan, biroq o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazish;
- har yili 2 ming nafargacha madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga sug‘urta mukofoti BHMning 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan ixtiyoriy tibbiy sug‘urta badallari uchun xarajatlarning 50 foizini qoplab berish;

-har yili 100 nafargacha sohada kamida 10-yil ishlagan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi sanatoriylarida bepul davolanish.
2026 yil 1-oktabrdan har yili 500 ming nafar o‘qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol o‘quvchi va talabalarga hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 mingta oilalarning 1 nafar farzandiga, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalarga teatr, kino va konsert tadbirlari uchun bepul vaucher beriladi.

San’at sohasidagi nufuzli tanlovlari g‘oliblariga pul mukofoti beriladi
Farmonga ko‘ra, quyidagilarni davlat budjeti hisobidan har yili moliyalashtirish tizimi joriy etiladi:
- yiliga kamida 50 ta eng sara asarlarni yaratish uchun shoir va yozuvchilarga ijodiy buyurtma berish;
- opera, simfoniya kabi mumtozva zamonaviyjanrlar bo‘yicha har yili kamida 20 ta yangi asar yaratish uchun ijodkorlarga davlat buyurtmasi berish;

-har yili milliy adabiyotningeng sara 10 ta asarini xorijiy tillarga tarjima qilish va mualliflar ishtirokida chet ellarda taqdimotlar o‘tkazish xarajatlarini qoplab berish;
- Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida chop etiladigan kitoblarni nashr etish uchun qog‘oz xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish;
- she’riyat bilan san’atni uyg‘unlashtirganholda tashkiletiladigan eng sara 100 ta she’riy konsertlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat buyurtmasi berish.
2026 yil 1-sentabrdan:
- madaniyat, san’at va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari quyidagi miqdorlarda 1 martalik pulmukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
- Gran-pri va 1-o‘rin g‘olibi – xalqaro tanlov bo‘yicha 300 mln so‘m, respublika tanlovi bo‘yicha 100 mln so‘m miqdorida;
- 2-o‘rin sohibi – xalqaro tanlov bo‘yicha 200 mln so‘m, respublika tanlovi bo‘yicha – 50 mln so‘m miqdorida;

- 3-o‘rin sohibi – xalqaro tanlov bo‘yicha 100 mlnso‘m, respublika tanlovi bo‘yicha 25 mln so‘m miqdorida;
- tanlovlarning g‘olib va sovrindorlarini tayyorlagan o‘qituvchi (konsertmeyster)ning oylik maoshiga 1-yil davomida 100 foizgacha ustama Davlat budjeti hisobidan to‘lanadi.

Davlat milliy cholg‘u asboblarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab beradi
2026 yil 1-iyuldan O‘zbekiston fuqarolariga milliy cholg‘u asboblarini sotib olish xarajatlarining 30 foiz qismi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
2027 yildan har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida tuman – viloyat – respublika darajasida tanlovlarni o‘tkazib borish yo‘lga quyiladi.
Bunda:
har bir yo‘nalish bo‘yicha respublika darajasidagi tanlovda g‘olib deb topilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga Jamg‘arma hisobidan 500 mln so‘mdangrant beriladi;
respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim tashkilotlariga kirishda ijodiy imtihondan ozod etiladi va ularga maksimal ball beriladi.

Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida ijodiy birlashmalar tashkil etiladi
Farmonga ko‘ra, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida ijodiy birlashmalar (ijodiy birlashmalar) tashkil etiladi.
Ijodiy birlashmalarning ijodiy rahbarlari va ularga tashkiliy masalalarni hal etishda ko‘maklashuvchi hamrahbarlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Ijodiy rahbar o‘z yo‘nalishida yangi iqtidorlarni yuzaga chiqarishga mas’ul hisoblanadi.
2027 yildan ijodiy birlashmalarning yillik ijodiy hisoboti shaklida Milliy ijodkorlar qurultoyi o‘tkaziladi hamda unda ijodiy birlashmalarning yil davomida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ijodkorlari Davlat budjeti hisobidan quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
- ijodkorlarning badiiy kechasi, mahorat maktabi va ijod uylari tashkil etiladi;
- 1-yil davomida har oyda 5 mln so‘m miqdorida gonorar to‘lanadi;
- 3 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanadi, bunda tashish xarajatlari bo‘yicha olinmay qolgan daromadlar keyinchalik har oyda qoplab beriladi;
- davlat tibbiyot muassasalarida davolanish xarajati to‘liq qoplanadi.