Chegara bojxona postlarida ruxsatnomalarni berish punktlari ochildi

© Press-slujba Ministerstva transporta UzbekistanaNa prigranichnix tamojennix postax otkriti punkti vidachi razresheniy
Na prigranichnix tamojennix postax otkriti punkti vidachi razresheniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Obuna bo‘lish
Oltida chegara punktida milliy tashuvchilar yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun xorijiy yoki ko‘p tomonlama ruxsatnoma olishlari mumkin.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi qator chegara bojxona postlarida xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnomalar berish punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Hozir milliy tashuvchilarga xorijiy yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalar berish punktlari Qoraqalpog‘istondagi “Dovut-ota”, Buxoro viloyatidagi “Olot”, Andijon viloyatidagi “Do‘stlik”, Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo”, shuningdekb Toshkent viloyatidagi “Yallama” va “S. Najimov” chegara bojxona postlarida ish boshlagan.
Ta’kidlanishchia, yangi tartib xalqaro yuk va yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshiruvchi milliy tashuvchilar uchun ruxsatnoma olish jarayonini soddalashtirish hamda xizmatlarni chegara hududlarining o‘zida ko‘rsatish imkonini beradi.
Tizim hukumatning mart oyida qabul qilingan xalqaro tashuvlar sohasida ruxsat berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ishga tushirildi.
Gruzovik na granitse, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda bojxona rasmiylashtiruvi daqiqalargacha qisqardi
Yangiliklar lentasi
0