Putinning Ostonadagi matbuot anjumanidan asosiy bayonotlari
09:51 30.05.2026 (yangilandi: 09:55 30.05.2026)

© POOL
Obuna bo‘lish
Prezident Armaniston, Ukraina mojarosi, YeI bilan munosabatlar va Ruminiyaga dron qulashi haqidagi savollarga batafsil javob berdi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostonada Oliy Yevrosiyo Iqtisodiy Kengashidan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
Armaniston haqida
Yerevan YeOIIdan chiqsa, erkin savdo shartnomasidagi huquqini yo‘qotadi.
"Biz bu holda Armaniston bilan iqtisodiy sohada, integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq barcha ishlarimizni qisqartirishga majbur bo‘lamiz."
Armaniston shuningdek, yuk tashish kompaniyalari uchun qattiqroq talablarga duch keladi va migrantlar Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma olishlari kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, Moskva Yerevan uchun yoqilg‘i narxlarini oshiradi, bu unga YaIMning 14 foiziga tushadi.
"Energiya narxlari past: Yevropada 600 yevro va YeOIIda esa 150 yevrodan sal ko‘proq - bu taqqoslab bo‘lmaydigan narsa. Hamma doim: "Xo‘sh, energiya muhim", deydi, lekin bu yagona afzallik ham emas."
Putin shuningdek, Rossiya kapitali Armanistonga 86 foizdan ortiq sarmoya kiritayotganini eslatdi.
"Yerevandagi uchrashuvdan so‘ng, bizning yevropalik hamkorlarimiz 2,5 milliard yevro sarmoya kiritishga va’da berishdi. Qanday qilib sarmoya kiritish, qachon sarmoya kiritish — bu vaqt ko‘rsatadi."
Prezident Armaniston kelajagi YeOIIda yoki YeIda bo‘lishi borasida referendumni iloji boricha tezroq o‘tkazishga chaqirdi.
Ruminiyada dron qulashi haqida
Bu elektron kurash yoki texnik nosozliklar tufayli yo‘nalishdan adashgan Ukraina droni bo‘lishi mumkin dedi.
"Biz Ukraina dronlari Finlyandiya, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarining bir qismiga uchib ketganini bilamiz. U yerda ham dastlabki reaksiya Ruminiyadagi kabi edi: yordam bering, ruslar hujum qilmoqda."
Rossiya urib tushirilgan dron haqida ma’lumotlar taqdim etilsa, xolis tekshiruv o‘tkazishga va baho berishga tayyor, deb ta’kidladi prezident.
"Ursula fon der Lyayen xonim Ruminiyada bo‘lmagan va u ushbu dron qoldiqlarini tekshirmagan. Ekspertiza o‘tkazilmaguncha, hech kim ma’lum bir samolyot qaysi manbadan kelib chiqqanini ayta olmaydi."
Ukraina mojarosi haqida
Maxsus harbiy operatsiya zonasidagi vaziyat - Ukraina inqirozi tugashiga yaqinlashayotganini aytishga asos beradi. Biroq, u aniq muddatini aftishning iloji yo‘q.
"Ko‘rib turganingizdek, bizning qo‘shinlarimiz barcha yo‘nalishlarda oldinga siljimoqda. Har kuni."
Shu bilan birga, prezident Moskva muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanligini va ularni hech qachon rad etmaganligini ta’kidladi. Shuningdek, u Ukrainadagi fojia G‘arb siyosatchilarining harakatlari natijasi bo‘lganini eslatdi.
"Ular <...> endi aybni boshqalarga ag‘darishga harakat qilmoqdalar - Rossiya tajovuzkor ekanligini ko‘rsatish uchun. Aslida bu ularning siyosati. <...> 2014-yilda Kiyevda davlat to‘ntarishini keltirib chiqarganlar aynan ular edi."
Bundan tashqari, G‘arb NATO sharqqa bir qadam ham tashlamasligini da’vo qilib, Rossiyani aldadi, deb qo‘shimcha qildi Putin.
Ukraina Qurolli Kuchlarining Starobelskka hujumi haqida gapirar ekan, prezident jurnalistlar Yevropa ommaviy axborot vositalarida kollejga qilingan hujum haqida sukut saqlashdan uyalishlari kerakligini aytdi.
"Umuman bir og‘iz ham so‘z aytmadi — Starobelskdagi fojia, bolalarning o‘limi, bolalarimizning qasddan o‘ldirilishi haqida bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Go‘yo u mavjud bo‘lmagandek, bir og‘iz ham so‘z aytmadi."
Bundan tashqari, Putinning ta’kidlashicha, G‘arb ommaviy axborot vositalari Rossiya harbiylarining Kiyev viloyatiga ertalabdan kechgacha qilgan javob zarbasi haqida xabar berishgan.
Yevropa bilan munosabatlar haqida
Moskva hech qachon Yevropa davlatlariga tahdid qilmagan, deb ta’kidladi prezident.
"Yevropalik siyosatchilarning Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi bayonotlariga kelsak, bu bema’nilik. Bu go‘yoki Rossiyaning G‘arb va Yevropa mamlakatlariga qarshi tajovuzkor rejalari tufayli. Bu yolg‘on, qo‘pol, beadab yolg‘on."
Bundan tashqari, Yevropa, jumladan, Germaniya, Rossiya energiya ta’minotini rad etish bilan yutqazdi, dedi Putin.
"Biz "Shimoliy oqim"ni qurdik, qurishni boshladik. Xo‘sh, bu Germaniya iqtisodiyoti uchun yomonmi? Ular bizning energiya ta’minotimizni rad etganidan keyin vaziyat yaxshilandimi? Ular Qozog‘istondan neft olishga harakat qilmoqdalar, ammo quvur ham biz orqali o‘tadi."
Yevropaliklar "nimanidir tiklashga" harakat qilmoqdalar.
Qozog‘iston bilan hamkorlik haqida
Putin Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishi ham Qozog‘iston, ham Rossiya uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.
“Kimdir biror narsa qilganda, odatda tegishli kredit ajratiladi. Ba’zi Yevropa mamlakatlarida va bizning mamlakatimizda ham ichki eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun butun kredit liniyalari tashkil etilgan. Bu holda xizmatlar va tovarlar eksporti. Albatta, bu biz uchun foydali. Ya’ni, biz bu pulni bermayapmiz, balki qarz beramiz. Bu pul Rossiya xazinasiga qaytariladi.”
Prezident Moskva va Ostona o‘rtasidagi yaqin munosabatlarni saqlab qolish juda muhimligini qo‘shimcha qildi, chunki bu muhim darajadagi ishonchni yaratadi.
Shuningdek, u Qozog‘iston bilan muzokaralar natijalaridan mamnun ekanligini va rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun Prezident Qosim-Jomart Tokayevga minnatdor ekanligini ta’kidladi.

