Rospotrebnadzor Armanistonning Jermuk suvini sotishni to‘xtatdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishRospotrebnadzor priostanovil prodaju nekotoroy armanskoy produksii v Rossii
Rospotrebnadzor priostanovil prodaju nekotoroy armanskoy produksii v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2026
Obuna bo‘lish
Bu YeOIIda qabul qilingan majburiy texnik reglament talablarining buzilishi bilan bog‘liq.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiyaning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkiloti "Rospotrebnadzor" Armanistondan import qilinayotgan 64,5 million dona Jermuk gazlangan mineral suvini sotishni to‘xtatishni buyurdi.
"Suvda bikarbonat, xloridlar va sulfatlarning meyoridan ortiq miqdori aniqlangan. Bu uning dorivor xususiyatlari haqida noto‘g‘ri tushunchalarga olib kelishi va sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin", - deyiladi bayonotda.
Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, 2026-yil boshidan beri "Rospotrebnadzor" ko‘rsatmalariga binoan chakana savdo va onlayn kanallarda 38,4 million dona Jermuk suvini sotishni allaqachon to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Agentlik ushbu qaror haqida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasini, shuningdek, YeOIIga a’zo davlatlarning vakolatli organlarini xabardor qildi.
Bir hafta oldin "Rospotrebnadzor" Armanistondan olib kelinayotgan sifatsiz alkogolli ichimliklarni (vino, konyak) ham Rossiyada sotishni taqiqlagan edi.

Shuningdek, 30-maydan boshlab Armanistondan Rossiyaga meva-sabzavotlar va gullarni olib kirish taqiqlanadi. Bu respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar YeOII fitosanitar talablariga javob bermasligi bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0