"Yomon rangtasvir": Toshkentda antiqa ko‘rgazma ochildi
"Yomon rangtasvir": Toshkentda antiqa ko‘rgazma ochildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida samarqandlik ijodkor Temur Hamraqulovning "Yomon rangtasvir" nomli ko‘rgazmasi ochildi. Ekspressiv uslubda yaratilgan asarlar ramz va belgilar orqali zamonaviy badiiy ifodani tadqiq etadi.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida samarqandlik ijodkor Temur Hamraqulovning "Yomon rangtasvir" nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bunda rassom an’anaviy rangtasvir uslublaridan ongli ravishda voz kechib, shtamp va bosma grafika tamoyillarini mustaqil badiiy usul sifatida qo‘llaydi. Temur Hamraqulov asarlari kompozitsiyaga e’tibor, ifodali plastika hamda o‘ziga xos hissiy muhit yaratishga intilish bilan ajralib turadi. Rassom ramz va belgilar orqali insonning ichki kechinmalari hamda zamonaviy vizual madaniyatni tadqiq etadi.Ko‘rgazma 12-iyunga qadar davom etadi.
Bunda rassom ramz va belgilar orqali insonning ichki kechinmalarini aks etiradi.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida samarqandlik ijodkor Temur Hamraqulovning "Yomon rangtasvir" nomli ko‘rgazmasi ochildi.
Bunda rassom an’anaviy rangtasvir uslublaridan ongli ravishda voz kechib, shtamp va bosma grafika tamoyillarini mustaqil badiiy usul sifatida qo‘llaydi.
"Men uchun tasvir — bu faqat shakl emas, balki belgilar orqali hissiyot va ma’no yaratish usulidir", — deydi Temur Hamraqulov.
Temur Hamraqulov asarlari kompozitsiyaga e’tibor, ifodali plastika hamda o‘ziga xos hissiy muhit yaratishga intilish bilan ajralib turadi. Rassom ramz va belgilar orqali insonning ichki kechinmalari hamda zamonaviy vizual madaniyatni tadqiq etadi.