Putin va Toqayevning asosiy bayonotlari

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Kazaxstan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya tomonidan Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha hamkorlik tamoyillari to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Bugun Ostonada keng va tor doirada bo‘lib o‘tgan muzokarlar yakunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Toqayev qo‘shma bayonot berdi.

Rossiya prezidentining asosiy bayonotlari:

Rossiya Qozog‘istonda nafaqat atom elektr stansiyasi qurilishida balki, butun tinchliksevar atom energiyasi sanoatini yaratishda ham ishtirok etadi.
Rossiya Toqayevning rus tilini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini yuqori baholaydi.
Rossiya va Qozog‘iston iqtisodiyotning turli sohalarida sun’iy intellektni joriy etish ustida birgalikda ishlamoqda.
U mamlakatlar savdo aylanmasi bo‘yicha 30 milliard dollarlik chegaradan oshib ketishiga ishonch bildirdi.
Rossiya va Qozog‘iston deyarli barcha operatsiyalarni milliy valyutalarda amalga oshiradilar va o‘zaro savdo tashqi ta’sirdan himoyalangan.
Ostonadagi muzokaralar samarali bo‘ldi.

Toqayevning asosiy bayonotlari:

Qozog‘iston Rossiya bilan do‘stlik va strategik sheriklik rishtalarini qadrlaydi.
Rossiya hech qachon global iqtisodiyotdagi yetakchi mavqeyini yo‘qotmaydi.
Rossiya ishtirokisiz hech qanday yirik xalqaro muammoni hal qilib bo‘lmaydi.
Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikka alternativa yo‘q.
Shuningdek ikki davlat rahbarlari qator muhim hujjatlarni ham imzolashdi. Ular qatoriga Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik keng qamrovli ittifoq to‘g‘risidagi kelishuv, Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha hamkorlik tamoyillari to‘g‘risida shartnoma va boshqalar kirdi.
Yangiliklar lentasi
0