Prezident bir guruh madaniyat va san’at xodimlarini mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2026
Obuna bo‘lish
Mukofotlar orasida "O‘zbekiston xalq artisti" va "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist" kabi yuksak unvonlar bor.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir guruh madaniyat, san’at va adabiyot xodimlarini mukofotlash to‘g‘risda farmon imzoladi.
“O‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning madaniy, badiiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirish, asriy an’analarimiz, boy merosimizni asrab-avaylashga qo‘shgan hissasi uchun”, - deyiladi Farmon matnida.
Mukofotlanganlar orasida 6 kishiga “O‘zbekiston xalq artisti”, bir kishiga “O‘zbekiston xalq baxshisi”, bir kishiga “O‘zbekiston xalq rassomi”, bir kishiga “O‘zbekiston xalq ustasi”, bir kishiga “O‘zbekiston xalq shoiri” va 7 kishiga "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvonlari berilgan.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0