https://oz.sputniknews.uz/20260526/russia-zapsele-ryasnoe-nazorat-57882865.html
Rossiya Zapsele va Rasnoyeni nazoratga oldi —Ukraina elita bo‘linmalari ham yordam bera olmadi
Rossiya Zapsele va Rasnoyeni nazoratga oldi —Ukraina elita bo‘linmalari ham yordam bera olmadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi “Shimol” guruhi Sumi viloyatidagi Zapsele va Rasnoe aholi punktlarini nazoratga olganini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, guruh xavfsizlik mintaqasini shakllantirishni davom ettirmoqda.
2026-05-26T17:18+0500
2026-05-26T17:18+0500
2026-05-26T17:18+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya mudofaa vazirligi
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/02/44197344_0:0:638:359_1920x0_80_0_0_a344abd55dd632bcf1ac3dbad9c3df4a.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya qo‘shinlarining “Shimol” guruhi bo‘linmalari Sumi viloyatidagi Zapselye va Rasnoe aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hujum davomida guruhning razvedka bo‘linmalari dushmanning o‘t ochish pozitsiyalarini aniqladi, qishloqlarda o‘rnashib olgan motoo‘qchilar esa dronlar guruhlari bilan birgalikda ukrain harbiylarini binolar, yerto‘lalar va blindajlardan quvib chiqardi.Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, ukrain tomoni o‘z pozitsiyalarini saqlab qolish uchun elita hujum bo‘linmalaridan o‘z zaxiralarini tashlashga harakat qilgan, ammo bu urinish natija bermagan. Ukraina bo‘linmalari yo‘qotishlarga uchrab, chekinishga majbur bo‘lgan.“Shimol” guruhi bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlarda hujum qilib, Sumi va Xarkov viloyatlari hududida xavfsizlik mintaqasini shakllantirish bo‘yicha harakatlarni davom ettirmoqda. Vazirlik buning maqsadi tinch aholi xavfsizligini ta’minlash ekanini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260526/russia-dobropasovo-nazorat-olinish-57863051.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/02/44197344_76:0:555:359_1920x0_80_0_0_b50544e03eac397c2be5c6fc1f43a420.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, ukraina
Rossiya Zapsele va Rasnoyeni nazoratga oldi —Ukraina elita bo‘linmalari ham yordam bera olmadi
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Zapselye va Rasnoe aholi punktlari nazoratga olindi. “Shimol” guruhi xavfsizlik mintaqasini shakllantirishni davom ettirmoqda
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya qo‘shinlarining “Shimol” guruhi bo‘linmalari Sumi viloyatidagi Zapselye va Rasnoe aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hujum davomida guruhning razvedka bo‘linmalari dushmanning o‘t ochish pozitsiyalarini aniqladi, qishloqlarda o‘rnashib olgan motoo‘qchilar esa dronlar guruhlari bilan birgalikda ukrain harbiylarini binolar, yerto‘lalar va blindajlardan quvib chiqardi.
Artilleriya bo‘linmalari qarshi batareya jangini olib borgan, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish punktlari va aloqa vositalariga zarba bergan.
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, ukrain tomoni o‘z pozitsiyalarini saqlab qolish uchun elita hujum bo‘linmalaridan o‘z zaxiralarini tashlashga harakat qilgan, ammo bu urinish natija bermagan. Ukraina bo‘linmalari yo‘qotishlarga uchrab, chekinishga majbur bo‘lgan.
“Shimol” guruhi bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlarda hujum qilib, Sumi va Xarkov viloyatlari hududida xavfsizlik mintaqasini shakllantirish bo‘yicha harakatlarni davom ettirmoqda. Vazirlik buning maqsadi tinch aholi xavfsizligini ta’minlash ekanini ta’kidladi.