Tennischi Kamilla Rahimova “Rolan Garros”ning ikkinchi davrasiga chiqdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTennis. St. Petersburg Ladies Trophy 2020
Tennis. St. Petersburg Ladies Trophy 2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
Obuna bo‘lish
Kamilla Rahimova Parijda o‘tayotgan dunyoning eng nufuzli tennis musobaqalaridan birida ruminiyalik Jaklin Kristianni mag‘lub etdi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston vakili Kamilla Rahimova “Rolan Garros” turniridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Parijda o‘tayotgan ushbu musobaqa tennisdagi to‘rtta eng nufuzli Grand Slam turniridan biri hisoblanadi. Unda jahon reytingidagi eng kuchli tennischilar ishtirok etadi.
Jahon tasnifida 89-pog‘onani egallab turgan Rahimova birinchi davrada ruminiyalik Jaklin Kristianga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan bahsda o‘zbekistonlik tennischi 6:3, 4:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Rahimova ikkinchi davrada chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi bahs olib boradi.

Rahimova 2025-yil oxirida sport fuqaroligini o‘zgartirib, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston nomidan ishtirok eta boshladi. O‘zbekiston tennis federatsiyasi uning milliy jamoaga qo‘shilishini mamlakat tennisi uchun strategik kuchayish sifatida baholagandi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Tennis. St. Petersburg Ladies Trophy 2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2025
Dunyo reytingidagi top tennischi endi O‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnashadi
Yangiliklar lentasi
0