Bortnikov: MDHdan chiqqan jangarilar o‘z mamlakatlarida faollashtirilishi mumkin

© © Sputnik / Emil Sadirovgranitsa
granitsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya FXX direktori Yaqin Sharqdagi terrorchilik xavflari MDH va Markaziy Osiyo xavfsizligiga bevosita ta’sir qilishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov MDH tashqi chegaralari va Hamdo‘stlik ichida xavfsizlik vaziyati murakkabligicha qolayotganini aytdi.
Uning aytishicha, xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik, kiberhujumlar va axborot urushi kabi tahdidlar bir vaqtning o‘zida kuchaymoqda.
Bortnikov bu haqda Irkutsk viloyatida o‘tayotgan MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 58-yig‘ilishida gapirdi.
FXX direktori Yaqin Sharqdagi vaziyat MDH xavfsizligiga bevosita ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning Falastinga qarshi harakatlari ortidan musulmonlar orasida yuzaga kelgan norozilik kayfiyatidan terrorchilik tuzilmalari foydalanishga uringan. MDH maxsus xizmatlari bunday bir qator holatlarga tezkor ravishda chek qo‘ygan.
Bortnikov Eron atrofidagi keskinlik ham xavflarni oshirayotganini qayd etdi. Uning fikricha, mojaroga yangi tomonlarning jalb qilinishi dinlararo va millatlararo munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, butun islom olamida beqarorlik xavfini kuchaytirishi mumkin.
FXX direktori, shuningdek, G‘arb maxsus xizmatlari Suriyadan kelgan jangari-terrorchilardan Eronga qarshi proksi kuch sifatida foydalanishga urinayotganini aytdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida avval IShID* va boshqa terrorchilik guruhlari safida jang qilgan, Suriya qamoqxonalarida saqlangan MDH fuqarolari ham bo‘lishi mumkin.
Bortnikovning ta’kidlashicha, bunday shaxslar Iroqdagi maxsus lagerlarga yuborilmoqda. Ulardan nafaqat Yaqin Sharqda, balki keyinchalik o‘zlari kelgan mamlakatlarda ham foydalanilishi ehtimoli bor.
U Afg‘onistondagi vaziyatga ham to‘xtaldi. Bortnikovga ko‘ra, Tolibon hukumati mamlakatni fuqarolar urushi va hududiy parchalanishdan saqlab qolishga harakat qilmoqda, biroq Pokiston bilan vaqti-vaqti bilan avj olayotgan to‘qnashuvlar afg‘on xavfsizlik kuchlari resurslarini ichki tahdidlardan chalg‘itmoqda.
FXX direktori Afg‘onistondagi asosiy xavflar sifatida “Viloyat Xuroson”*, u bilan bog‘liq jihodchi guruhlar va Tolibonga qarshi qurolli muxolifat tuzilmalarini tilga oldi. Uning fikricha, G‘arb kuchlari ushbu mintaqadan keyinchalik Markaziy Osiyo respublikalaridagi vaziyatga ta’sir o‘tkazish uchun foydalanishga urinmoqda.
* Rossiyada taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkilotlari
Konferensiya RATS ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Toshkentda “uch yovuz” tarqalishining oldini olish yo‘llari muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0