https://oz.sputniknews.uz/20260526/china-afghanistan-uzbekistan-konteyner-poezd-57879890.html
Xitoydan Afg‘onistonga O‘zbekiston orqali ilk konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi
Xitoydan Afg‘onistonga O‘zbekiston orqali ilk konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ta’sischiligidagi UTK International Logistics Co. Ltd Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston yo‘nalishida ilk konteyner poyezdini yo‘lga qo‘ydi.
2026-05-26T17:53+0500
2026-05-26T17:53+0500
2026-05-26T17:53+0500
temir yo‘l
qozog‘iston
savdo
yuk
markaziy osiyo
eksport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1a/55282779_0:57:1106:679_1920x0_80_0_0_400f87cfb2391ca9a82fed63f960efd0.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ta’sischiligida Xitoyda tashkil etilgan UTK International Logistics Co. Ltd kompaniyasi Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston yo‘nalishida ilk konteyner poyezdi harakatini amalga oshirdi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning Telegram kanalida xabar berildi.Poyezd 50 ta 40 futlik konteynerdan iborat. 40 futlik konteyner — xalqaro tashuvlarda keng qo‘llaniladigan yirik standart konteyner turi.Tashilayotgan yuklar orasida kanselyariya mahsulotlari, quyosh panellari uchun komponentlar, matolar, shuningdek, boshqa sanoat va iste’mol tovarlari bor.Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 30-may kuni yana 50 ta konteynerdan iborat navbatdagi poyezdni jo‘natish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250910/tashkent-china-lanzhou-konteyner-poezd-51865128.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1a/55282779_62:0:1045:737_1920x0_80_0_0_4d852fa367458da91508bf7d24a76d73.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
temir yo‘l, qozog‘iston, savdo, yuk , markaziy osiyo, eksport
temir yo‘l, qozog‘iston, savdo, yuk , markaziy osiyo, eksport
Xitoydan Afg‘onistonga O‘zbekiston orqali ilk konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi
Ilk poyezd Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston yo‘nalishida harakatlanadi. Yuklar Urumchida jamlanib, O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga yetkaziladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ta’sischiligida Xitoyda tashkil etilgan UTK International Logistics Co. Ltd kompaniyasi Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston yo‘nalishida ilk konteyner poyezdi harakatini amalga oshirdi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning Telegram kanalida
xabar berildi.
Poyezd 50 ta 40 futlik konteynerdan iborat. 40 futlik konteyner — xalqaro tashuvlarda keng qo‘llaniladigan yirik standart konteyner turi.
Konteynerlar Xitoyning bir nechta stansiyalaridan yo‘lga chiqib, Urumchi shahridagi Sanping stansiyasida bir tarkibga jamlanadi. Shundan so‘ng poyezd Qozog‘istonning Altinko‘l stansiyasi orqali O‘zbekistonga, keyin esa Afg‘onistonga yetkaziladi.
Tashilayotgan yuklar orasida kanselyariya mahsulotlari, quyosh panellari uchun komponentlar, matolar, shuningdek, boshqa sanoat va iste’mol tovarlari bor.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 30-may kuni yana 50 ta konteynerdan iborat navbatdagi poyezdni jo‘natish rejalashtirilgan.
UTK International Logistics Co. Ltd qo‘shma korxonasining asosiy vazifasi Xitoy — Markaziy Osiyo yo‘nalishida yuklarni konsolidatsiya qilish va multimodal tashuvlarni rivojlantirishdan iborat.