Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Medvedev: Pashinyan kursi Armanistonni YeOII bozoridan mahrum qiladi

© Sputnik / Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev
Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2026
Obuna bo‘lish
Dmitriy Medvedevning aytishicha, Nikol Pashinyanning siyosati Armanistonning Rossiya, KXShT va YeOII bilan munosabatlarini xavf ostiga qo‘ymoqda.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning siyosati mamlakatning Rossiya, ODKB va YeOII bilan munosabatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf ostiga qo‘ymoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Medvedevning aytishicha, Armaniston YeOIIga a’zolikdan eng ko‘p foyda ko‘rayotgan davlatlardan biri. Biroq Pashinyanning hozirgi kursi mamlakat uchun iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, Yerevan YeOII doirasidagi imkoniyatlarni saqlab qolishni istaydi, bir vaqtning o‘zida esa Yevroittifoq tomon harakat qilmoqda. Medvedev avvalroq Pashinyan “YeOII va Yevroittifoq o‘rtasida o‘tirishga” urinayotganini aytgan edi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosariga ko‘ra, bunday siyosat oqibatida Armaniston xalqi Rossiya va butun YeOII bozoridan, shuningdek, o‘n yillar davomida shakllangan iqtisodiy aloqalardan mahrum bo‘lishi mumkin.
Medvedev, shuningdek, Armaniston uchun gaz narxi masalasiga ham to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yerevanning Rossiyadan uzoqlashishi mamlakatni gazni yevropacha narxlarda xarid qilish zaruratiga olib kelishi mumkin. Bu esa hozirgi tariflardan uch baravar qimmat bo‘ladi.
“Bu uning o‘zi va atrofidagilar uchun oqibatsiz qolmaydi, jumladan iqtisodiy hamkorlik parametrlari bo‘yicha ham”, — dedi Medvedev.
Shu bilan birga, u Rossiya Armaniston xalqiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmaganini ta’kidladi. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Moskva uchun strategik sherik — “har qanday armani rahbar” emas, balki Armaniston xalqidir.
Medvedev Pashinyan Rossiya bilan munosabatlarni uzish kursiga o‘tganini ham aytdi. Uning fikricha, Armaniston rahbariyati G‘arbda siyosiy obro‘ orttirishga urinib, Rossiya bilan aloqalarni xavf ostiga qo‘ymoqda.
Zasedanie Gossoveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
Putin Armanistonni YeI yoki YeOII bo‘yicha tanlov qilishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0