https://oz.sputniknews.uz/20260518/tibbiyot-xodim-tajriba-almashish-moscow-viloyat-57656921.html
Bir guruh tibbiyot xodimi tajriba almashish uchun Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi
Bir guruh tibbiyot xodimi tajriba almashish uchun Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatidan neonatolog va akusher-ginekologlar Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi. Ular onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta tug‘ilgan va kam vaznli chaqaloqlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tajriba almashadi.
2026-05-18T13:51+0500
2026-05-18T13:51+0500
2026-05-18T13:51+0500
shifokor
rossiya
toshkent viloyati
shifoxona
o‘zbekiston
hamkorlik
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57656528_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_adb22a3546616ee247ff48ae463cbc2a.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkent viloyatidagi tug‘ruq muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining navbatdagi guruhi Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Safar Toshkent viloyati va Rossiyaning Moskva viloyati o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etildi.Shuningdek, shifokorlar perinatal tibbiyot sohasidagi zamonaviy yondashuvlar va davolash usullari bilan tanishadi.Toshkent viloyati tibbiyot xodimlari 27–28 may kunlari bo‘lib o‘tadigan “Podmoskovnie vstrechi. U istokov jizni” nomli III Moskva viloyati perinatal tibbiyot kongressida ham delegat sifatida ishtirok etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251027/tashkent-shifokorlar-moscow-malaka-53004676.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/12/57656528_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_d8f4c01a9953fdf7fdbccfb2cc2064b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifokor, rossiya, toshkent viloyati, shifoxona, o‘zbekiston, hamkorlik, jamiyat
shifokor, rossiya, toshkent viloyati, shifoxona, o‘zbekiston, hamkorlik, jamiyat
Bir guruh tibbiyot xodimi tajriba almashish uchun Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi
Toshkent viloyatidan neonatolog va akusher-ginekologlar onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha tajriba almashish uchun Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkent viloyatidagi tug‘ruq muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining navbatdagi guruhi Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Safar Toshkent viloyati va Rossiyaning Moskva viloyati o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etildi.
Guruh tarkibiga neonatologlar va akusher-ginekologlar kiritilgan. Ular onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash, tug‘ma kasalliklari bor hamda kam vaznli chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tajriba almashadi.
Shuningdek, shifokorlar perinatal tibbiyot sohasidagi zamonaviy yondashuvlar va davolash usullari bilan tanishadi.
Toshkent viloyati tibbiyot xodimlari 27–28 may kunlari bo‘lib o‘tadigan “Podmoskovnie vstrechi. U istokov jizni” nomli III Moskva viloyati perinatal tibbiyot kongressida ham delegat sifatida ishtirok etadi.