O‘zbekiston va Qozog‘iston kooperatsiya bo‘yicha yangi kun tartibini ishlab chiqadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston yaqin yillarda o‘zaro savdoni 10 mlrd dollarga yetkazish, sanoat kooperatsiyasi va energetika loyihalarini kengaytirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Mirziyoyev Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi.
O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining Turkistondagi norasmiy sammiti yuqori darajada tashkil etilganini alohida ta’kidladi. Uning qayd etishicha, sammit va o‘tkazilgan muzokaralar ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka yangi sur’at berdi.
Muloqotda O‘zbekiston – Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Yaqin yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, investitsiyaviy faoliyat, jumladan, Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi doirasidagi loyihalar kengaymoqda. Energetika, transport, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalarda yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Suhbatda bo‘lajak Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, Hududlar rahbarlari kengashining birinchi uchrashuvi va boshqa mexanizmlar doirasida yangi iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
Prezidentlar ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev vmeste s Kasim-Jomartom Tokayevim posetil vozvedennuyu uzbekskoy storonoy mechet v gorode Turkestane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2026
Mirziyoyev va Toqayev Turkistonda O‘zbekiston bunyod etgan masjid bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0