https://oz.sputniknews.uz/20260517/ukraine-biolaboratoriyalar-maxfiy-ishlash-57639290.html
AQShlik sobiq zobit Ukrainadagi biolaboratoriyalar o‘ta maxfiy ishlaganini aytdi
AQShlik sobiq zobit Ukrainadagi biolaboratoriyalar o‘ta maxfiy ishlaganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
AQShlik iste’fodagi podpolkovnik Erl Rasmussen Ukrainadagi biolaboratoriyalar maxfiy ishlagani, ularda DNK tuzilishi va jonzotlardan tashuvchi sifatida foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar haqida xabarlar bo‘lganini aytdi.
2026-05-17T11:40+0500
2026-05-17T11:40+0500
2026-05-17T11:40+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
virus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/11/57639002_1:0:767:431_1920x0_80_0_0_cc7f0b1f5d8ccf26b32856b17b15b6aa.jpg
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Ukrainadagi biolaboratoriyalar maxfiy ravishda potensial hujumkor biologik vositalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSh Quruqlik kuchlarining iste’fodagi podpolkovnigi Erl Rasmussen RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududida va boshqa joylarda bunday vositalarni yaratishda qo‘llanilgan biomateriallar bo‘lgan.Rasmussen ayrim hollarda DNK tuzilishini tahlil qilishga asoslangan tadqiqotlar, shuningdek, turli jonzotlardan tashuvchi sifatida foydalanish haqida xabarlar paydo bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bunday laboratoriyalar o‘ta maxfiy rejimda ishlagan va aniq yo‘naltirilgan vazifalarga ega bo‘lgan.Avvalroq AQSh milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard Vashington xorijdagi 120 dan ortiq biolaboratoriya faoliyatini tekshirishini aytgan edi. RIA Novosti xabarida Ukraina ham ushbu yo‘nalishda tilga olingan.Rossiya bir necha bor AQShni Ukrainada biologik va toksik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani buzgan holda biologik dasturlarni moliyalashtirganlikda ayblagan. Bayden ma’muriyati esa Ukrainada AQSh nazoratidagi kimoviy va biologik laboratoriyalar mavjudligini rad etib, bu ayblovlarni “Rossiya propagandasi” va “konspirologiya” deb atagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260516/aqsh-biolaboratoriyalari-nimani-yashirmoqda-57631388.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/11/57639002_97:0:672:431_1920x0_80_0_0_aabc034e3bab1808ce17d339679e08db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, virus
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, virus
AQShlik sobiq zobit Ukrainadagi biolaboratoriyalar o‘ta maxfiy ishlaganini aytdi
AQShlik iste’fodagi podpolkovnik Erl Rasmussen Ukrainadagi biolaboratoriyalar maxfiy ishlagani va xavfli tadqiqotlar bilan shug‘ullanganini aytdi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Ukrainadagi biolaboratoriyalar maxfiy ravishda potensial hujumkor biologik vositalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSh Quruqlik kuchlarining iste’fodagi podpolkovnigi Erl Rasmussen RIA Novostiga bergan intervyusida
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududida va boshqa joylarda bunday vositalarni yaratishda qo‘llanilgan biomateriallar bo‘lgan.
Rasmussen ayrim hollarda DNK tuzilishini tahlil qilishga asoslangan tadqiqotlar, shuningdek, turli jonzotlardan tashuvchi sifatida foydalanish haqida xabarlar paydo bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bunday laboratoriyalar o‘ta maxfiy rejimda ishlagan va aniq yo‘naltirilgan vazifalarga ega bo‘lgan.
“Albatta, bu laboratoriyalar xavfli. Agar ular tekshirilmasa, ularning faoliyati koronavirus pandemiyasi yoki undan ham yomonroq oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — dedi Rasmussen.
Avvalroq AQSh milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard Vashington xorijdagi 120 dan ortiq biolaboratoriya faoliyatini tekshirishini aytgan edi. RIA Novosti xabarida Ukraina ham ushbu yo‘nalishda tilga olingan.
Rossiya bir necha bor AQShni Ukrainada biologik va toksik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani buzgan holda biologik dasturlarni moliyalashtirganlikda ayblagan. Bayden ma’muriyati esa Ukrainada AQSh nazoratidagi kimoviy va biologik laboratoriyalar mavjudligini rad etib, bu ayblovlarni “Rossiya propagandasi” va “konspirologiya” deb atagan.