Rossiyalik turistlar ketgach, Chexiyaning Karlovar o‘lkasida 17,8 mingta kompaniya yopildi

© RIA Novosti V Karlovix Varax zakrilis pochti 18 tisach kompaniy iz-za ottoka rossiyan
V Karlovix Varax zakrilis pochti 18 tisach kompaniy iz-za ottoka rossiyan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
Obuna bo‘lish
Chexiyaning Karlovar o‘lkasida so‘nggi yillarda 17,8 ming kompaniya yopilgani aytilmoqda. Shu davrda rossiyalik turistlar oqimi ham qariyb 93 foizga qisqargan
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Chexiyaning Karlovar o‘lkasida so‘nggi yillarda 17 872 ta kompaniya yopildi. Bu haqda RIA Novosti ochiq statistik ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, Karlovar kurortlari rossiyalik turistlar oqimining keskin qisqarishidan jiddiy zarar ko‘rgan. 2019-yilda hududga 83 048 nafar rossiyalik turist tashrif buyurgan bo‘lsa, 2025-yilda ular soni 6 355 nafarga tushgan. Ya’ni olti yilda pasayish qariyb 93 foizni tashkil etgan.
Rossiyaliklar chex kurortlarida o‘tkazgan tunlar soni ham keskin kamaygan: 2019-yilda 762,5 mingdan ortiq bo‘lgan ko‘rsatkich 2025-yilda 30,7 minggacha tushgan.
Rossiyalik turistlar oqimidagi keskin pasayish 2020-yilda boshlangan. Keyingi yillarda pandemiya oqibatlari, Yevropa sanksiyalari va aviaqatnovdagi qiyinchiliklar vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

RIA Novostining yozishicha, Karlovi Vari meri Andrea Pfeffer-Ferklova rossiyaliklar chex kurortlarining asosiy mijozlaridan biri bo‘lganini aytgan. Ayrim sanatoriylar yopilishga yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

Avvalroq 2022–2025 yillarda Rossiyaga do‘st bo‘lmagan mamlakatlar kompaniyalari Rossiya bozoridan chiqish va sanksiyalar oqibatida 610 mlrd dollardan ortiq daromad hamda kamida 16 mlrd dollar sof foydadan mahrum bo‘lgani xabar qilingan edi.
Robert Fitso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2026
Slovakiya va Vengriya rahbarlari YeIni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0