Samarqandda MDH Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

© SputnikSovet komanduyushix Pogranichnimi voyskami SNG vstretilsya v Samarkande
Sovet komanduyushix Pogranichnimi voyskami SNG vstretilsya v Samarkande
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2026
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda o‘zaro xavfsizlikni mustahkamlash va davlat chegaralarini himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari Kengashining 92-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
To‘qqizta davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda MDH tashqi chegaralaridagi vaziyat tahlil qilindi, chegara xavfsizligini mustahkamlash, transmilliy jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya va kontrabandaga qarshi kurashish, shuningdek, qo‘shma operatsiyalar va axborot almashinuvini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
© SputnikSovet komanduyushix Pogranichnimi voyskami SNG vstretilsya v Samarkande
Sovet komanduyushix Pogranichnimi voyskami SNG vstretilsya v Samarkande
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2026
Sovet komanduyushix Pogranichnimi voyskami SNG vstretilsya v Samarkande
Shuningdek MDH Terrorizmga qarshi kurash markazi, MDH Moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hisobotlari taqdim etildi.
MDH mamlakatlari Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashining Muvofiqlashtiruvchi xizmati raisi general-polkovnik Aleksandr Manilov joriy yil uchun rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lum qildi.
Xususan, u Belarus rahbarligida g‘arbiy yo‘nalishda o‘tkaziladigan maxsus chegara operatsiyasi o‘tkazilishini ta’kidladi.
Manilov bu yil Markaziy Osiyo yo‘nalishida ham xuddi shunday operatsiyani o‘zbek chegarachilari ham o‘tkazishini ma’lum qildi.
Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari Kengashi majlisida joriy yil uchun madaniy-sport va ilmiy tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.
Aleksandr Manilov bo‘lajak tadbirlar haqida gapirib, davlat chegarasini muhofaza qilishni tashkil etish birinchi navbatda ilm-fanga tayanishini ta’kidladi, chunki mutaxassislar o‘z faoliyatini ilmiy tadqiqotlar asosida olib borishadi.
Shuningdek, u avgust oyida rejalashtirilgan Hamdo‘stlik mamlakatlari chegara idoralari spartakiadasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini bildirdi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 17 ta qaror qabul qilindi.
Jeleznaya doroga. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2026
MDH temir yo‘l koridorlari konsepsiyasi ma’qullandi — bu O‘zbekiston uchun nimaga muhim?
Yangiliklar lentasi
0