https://oz.sputniknews.uz/20260515/pedagogl-chegirma-57584776.html
Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma berilishi mumkin
Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma berilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Talabgorlar mustaqil ravishda o‘zlari ta’lim oladigan OTMning rektori nomiga o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanishi yuzasidan “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi” ( kontrakt.edu.uz ) orqali ariza yuboradi. Agar shartnoma summasi 10 mln so‘mni tashkil qilsa, 3 mln so‘m chegirma qo‘llanib, to‘lov miqdori 7 mln so‘mga tushadi.
2026-05-15T11:21+0500
2026-05-15T11:21+0500
2026-05-15T11:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kontrakt
o‘qituvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_399:23:3040:1508_1920x0_80_0_0_dffc5b59b8151aad883e0ff980f73eb3.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz chegirma berish rejalashtirilmoqda. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.Hujjat 2026/27 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etilishini nazarda tutadi.Ariza beruvchi pedagogning farzandi ekanligi yoki mazkur maqomdan chiqarilgani davlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli axborot tizimi orqali yuborgan elektron so‘roviga asosan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron ma’lumotlar asosida tasdiqlanadi.Talabgorlar mustaqil ravishda o‘zlari ta’lim oladigan OTMning rektori nomiga o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanishi yuzasidan “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi” ( kontrakt.edu.uz ) orqali ariza yuboradi.Agar shartnoma summasi 10 mln so‘mni tashkil qilsa, 3 mln so‘m chegirma qo‘llanib, to‘lov miqdori 7 mln so‘mga tushadi.Chegirma tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llanadi. Chegirma magistratura, sirtqi, kechki, masofaviy, qo‘shma dasturlar va super-kontrakt uchun amal qilmaydi.Talabgorning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251124/oliy-talim-kontrakt-muddatlar-53703482.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e273784e2c41d01d449f2294220121c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, kontrakt, o‘qituvchilar
jamiyat, o‘zbekiston, kontrakt, o‘qituvchilar
Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma berilishi mumkin
Imtiyoz har bir o‘quv yili uchun bir marta beriladi va barcha kurs talabalari undan 4-yil davomida har yili foydalanishi mumkin.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz chegirma berish rejalashtirilmoqda. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun
e’lon qilindi.
Hujjat 2026/27 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etilishini nazarda tutadi.
Ariza beruvchi pedagogning farzandi ekanligi yoki mazkur maqomdan chiqarilgani davlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli axborot tizimi orqali yuborgan elektron so‘roviga asosan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron ma’lumotlar asosida tasdiqlanadi.
Talabgorlar mustaqil ravishda o‘zlari ta’lim oladigan OTMning rektori nomiga o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanishi yuzasidan “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi” (
kontrakt.edu.uz ) orqali ariza yuboradi.
Agar shartnoma summasi 10 mln so‘mni tashkil qilsa, 3 mln so‘m chegirma qo‘llanib, to‘lov miqdori 7 mln so‘mga tushadi.
Chegirma tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llanadi. Chegirma magistratura, sirtqi, kechki, masofaviy, qo‘shma dasturlar va super-kontrakt uchun amal qilmaydi.
Talabgorning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.