Mirziyoyev va Toqayev Turkistonda O‘zbekiston bunyod etgan masjid bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vmeste s Kasim-Jomartom Tokayevim posetil vozvedennuyu uzbekskoy storonoy mechet v gorode Turkestane.
Shavkat Mirziyoyev vmeste s Kasim-Jomartom Tokayevim posetil vozvedennuyu uzbekskoy storonoy mechet v gorode Turkestane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2026
Obuna bo‘lish
Majmuaning umumiy maydoni 7 gektardan ziyodni tashkil etadi, unda 5 mingdan ortiq kishi namoz o‘qishi mumkin.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda Turkiston shahrida O‘zbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, majmuaning umumiy maydoni 7 gektardan ziyodni tashkil etadi, unda 5 mingdan ortiq kishi namoz o‘qishi mumkin. Muhtasham ansambl to‘rtta 70 metrlik minora hamda asosiy zal va an’anaviy ayvonlarni o‘z ichiga olgan uch qavatli bosh binodan iborat.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev vmeste s Kasim-Jomartom Tokayevim posetil vozvedennuyu uzbekskoy storonoy mechet v gorode Turkestane. - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev vmeste s Kasim-Jomartom Tokayevim posetil vozvedennuyu uzbekskoy storonoy mechet v gorode Turkestane. - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev vmeste s Kasim-Jomartom Tokayevim posetil vozvedennuyu uzbekskoy storonoy mechet v gorode Turkestane. - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Islom va Sharq me’morchiligining eng yaxshi an’analariga muvofiq barpo etilgan jome masjidida milliy naqshlar, sharqona gumbazlar, baland minoralar hamda zamonaviy qurilish texnologiyalari uyg‘un qiyofa kasb etgan. Masjidning ichki bezagida islom xattotlik va naqqoshlik san’ati namunalaridan keng foydalanilgan.
Atrofdagi 4,2 gektar maydonni obodonlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yerda yashil maydonlar, yo‘laklar, dam olish joylari, yoritish tizimlari, manzarali qurilmalar va favvoralar barpo etilmoqda.
O‘zbekiston tomonidan qardosh Qozog‘iston xalqi hamda Turkiston aholisiga tuhfa sifatida qurib bitkazilgan ushbu muhtasham majmua ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va madaniy yaqinlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda ittifoqchilik munosabatlarining yorqin ifodasi bo‘lgani ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev vmeste s Kasim-Jomartom Tokayevim posetil vozvedennuyu uzbekskoy storonoy mechet v gorode Turkestane. - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev vmeste s Kasim-Jomartom Tokayevim posetil vozvedennuyu uzbekskoy storonoy mechet v gorode Turkestane. - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev vmeste s Kasim-Jomartom Tokayevim posetil vozvedennuyu uzbekskoy storonoy mechet v gorode Turkestane. - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Qur’oni oyatlari tilovat etilib, qardosh ikki xalqqa tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.
Eslatamiz, Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining “Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0